16:10 / 30.06.2019
3 018

Tramp Kim Chen In bilan nimalarga kelishib olganini ma’lum qildi

Tramp Kim Chen In bilan nimalarga kelishib olganini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan muzokara o‘tkazuvchilar guruhlarini tayyorlashga kelishib olganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, muzokara o‘tkazuvchilar guruhlari ikki-uch hafta ichida uchrashishadi. U shuningdek, Amerika tomoni yadrosizlanish borasidagi muloqotlarda voqealar rivojini tezlashtirishni rejalashtirmaganini ta’kidladi.

Muzokaralardan so‘ng AQSh prezidenti Shimoliy Koreya yetakchisini Vashingtonga taklif qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida 30 iyun kuni Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiya qilingan hududida KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi.

Tramp KXDR hududiga qadam qo‘ygan AQSh tarixidagi ilk prezidentga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan nimalarga kelishib olganini ma’lum qildi