Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina hukumati boshqa davlatlar buyrug‘iga ko‘ra tergovlar olib bormasligini aytdi.
“Bizga nimanidir qilishni buyurmaslik kerak. Biz mustaqil davlatmiz. Biz ochiqmiz, biz tergov qilishga tayyormiz, biroq buning menga dahli yo‘q”, deb aytgan Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda hamkasbi undan AQShning sobiq vitse-proyezidenti Jo Baydenning o‘g‘liga qarshi tergovni boshlashni so‘raganiga shama qilib.
Zelenskiyning aytishicha, Oq uydan farqli, Kiyev jamoatchilikka uning Tramp bilan suhbati matnini taqdim qilmaydi. “Chop etish noto‘g‘ri bo‘ladigan ba’zi nozik narsalar bor”, deb tushuntirdi buni Ukraina prezidenti.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, AQSh kongressi Trampning Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati sababli AQSh prezidentiga nisbatan impichment jarayonini boshlagan. Aniqlanishicha, Tramp Kiyev Baydenning o‘g‘li Xanterning Burisma gaz kompaniyasidagi faoliyatini tergov qilishini istagan. Bu esa Trampning 2020 yilgi prezident saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan Jo Baydenning reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi