12:12 / 02.10.2019
2 303

Chikago aeroportida «quturgan» mashinaning tartibsiz harakati «Forsaj» filmi uslubida to‘xtatildi (video)

Chikago aeroportida «quturgan» mashinaning tartibsiz harakati «Forsaj» filmi uslubida to‘xtatildi (video)
Foto: Meduza
Chikagodagi O’Xara xalqaro aeroporti xodimlari bort oziq-ovqatlari ortilgan va boshqaruvini yo‘qotgan mashinaga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi Daryo nashri.

Katta ehtimol bilan mashinaning tezlikni oshiruvchi pedali bosilib qolgan va o‘ziga yaqin turgan samolyot hamda aeroport xodimlariga aylana shaklida harakatlanib zarar yetkazishi mumkin edi. Aeroportdagi yo‘lovchilar voqeani videoga olib, Twitter’ga yuklagan.

Rolikdagi voqea «Forsaj» filmining seriyalarini eslatib yuboradi: mashina tinimsiz aylanmoqda va undagi oziq-ovqat hamda ichimliklar to‘rt tomonga sochilib ketmoqda. Aeroport xodimi «quturgan» mashina samolyotga to‘qnashishga yaqin turgan bir vaziyatda boshqa bir yuk ortuvchi mashinada uning yo‘liga chiqib falokatning oldini oldi.

To‘qnashuvdan so‘ng yuk ortilgan arava aylanishdan to‘xtadi va xavf-xatar ortda qoldi. Tomoshabinlar jasorat ko‘rsatgan xodimni olqishladi.
Hodisa natijasida hech kim talofat ko‘rmagan, lekin reyslardan biri 10 daqiqaga kechikkan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chikago aeroportida «quturgan» mashinaning tartibsiz harakati «Forsaj» filmi uslubida to‘xtatildi (video)