11 oktyabrda Qirg‘izistonda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha jarayon sud zaliga sobiq prezident Almazbek Atamboyev yetkazila olinmagani sababli keyinga qoldirildi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh prokuraturasida Kaktus.media nashriga ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, Atamboyev tergov izolyatori kamerasidan chiqishdan bosh tortgan.
Batukayevning ozod etilishi ishi bo‘yicha Atamboyev va unga yaqin bir necha kishi ayblanmoqda. Sud zaliga qolgan ayblanuvchilar – Indira Joldubayeva, Abduxalim Raimjonov va Qalibek Qachkinaliyev yetkazilgan.
“Ta’kidlash joiz, qonunga ko‘ra, jinoiy ishning dastlabki tinglanishi ayblanuvchining iltimosi bilan uning ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin. Biroq ayblanuvchi Almazbek Atamboyev bunday iltimos bildirmagan”, deyilgan prokuratura xabarida.
Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning aytishicha, “Atamboyev hokimiyat unga taklif etayotgan bu o‘yinda ishtirok etishdan bosh tortgan”. “U o‘zini aybdor deb hisoblamaydi”, deb aytgan advokat. Ta’kidlanishicha, sud jarayoni 14 oktyabrga qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?