21:47 / 20.10.2019
4 380

Bolasini 2 yil mashinaning bagajida saqlagan ayolga hukm o‘qildi

Bolasini 2 yil mashinaning bagajida saqlagan ayolga hukm o‘qildi
Fransiyalik Roza Mariya de Kruz ikki yashar qizini ikki yil davomida mashinasining bagajida saqlab kelgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Yevronyus” xabar bermoqda.

Kruzning qizi hozir yetti yoshda. Shifokorlarning aytishicha, uning mashina bagajida qolgani aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir qilgan. Qizning aqliy rivojlanishi 2-3 yashar bolalarniki bilan teng. Ustiga-ustak, u autizmga chalingan.

Qizni mashina ta’mirlovchi usta sezib qolgan. U bagajni ochganida qizaloq axlatiga bulg‘anib yotgan va uni qurt bosib ketgan edi.
Qizning otasi Domingos Sampaio Alves esa uning borligini hatto bilmaganini, Kruz qolgan uch farzandiga juda yaxshi onalik qilganini aytdi.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Kruz to‘rtinchi homiladorligini qabul qila olmagan va qizining tug‘ilganini inkor etishga urinib yashagan.
Prokurorlar uning o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilishini talab qildi, biroq bola bilan bog‘liq barcha huquqlardan voz kechgani hisobga olinib, bu muddat besh yilga tushirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolasini 2 yil mashinaning bagajida saqlagan ayolga hukm o‘qildi