Meksikalik oila “Ertug‘rul”dan keyin islomni qabul qildi

  • 07 dekabr 2019, 15:23
  • 2 264
  • Dunyo
  • Meksikalik oila “Ertug‘rul”dan keyin islomni qabul qildi
    AQShda yashaydigan meksikalik er-xotin “Tirilish. Ertug‘rul” serialini tomosha qilgach, serialda ko‘rgan jarayonlariga qiziqqan holda islomni va musulmon madaniyatini o‘rgana boshladi. Pirovardida ular islom dinini qabul qilishga qaror qildi, deya xabar beradi “Anadolu” agentligi.

    Los-Anjelesda meksikalik er-xotin “Ertug‘rul”da Abdurrahmon Alp rolini o‘ynagan, o‘zlarining sevimli aktyori Jalol Alning ishtirokida kalimai shahodatni aytdi.
    Serial va Turkiyaning butun dunyodagi insonparvarlik faoliyati bizni hayratga soldi va buning ta’sirida musulmon bo‘lishga qaror qildik”, – deydi ular.

    Shahodat kalimasidan so‘ng meksikalik juftlikka Qur’onning ingliz va ispan tillaridagi tarjimalari sovg‘a qilindi.

    » » Meksikalik oila “Ertug‘rul”dan keyin islomni qabul qildi