Isroilda favqulodda yig‘ilish: bir qator amaldorlar qatnashmadi

Isroil hukumati yuqori lavozimli amaldorlar ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga qaror qildi. Mazkur yig‘ilish mamlakatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida chaqirilgani ma’lum qilinmoqda.
Biroq e’tiborli jihati shundaki, ayrim nufuzli shaxslar bu yig‘ilishda ishtirok etmagan. Jumladan, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ham majlisda qatnashmaganlar ro‘yxatidan joy olgan.
Shuningdek, Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Tomer Bar, razvedka xizmati rahbari — Devid Barnea hamda mamlakat Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham yig‘ilishda ishtirok etmagani aytilmoqda.
Bundan tashqari, Bosh vazirning ukasi — Iddo Netanyaxu ham mazkur majlisda ko‘rinmagan.
Hozircha ushbu yuqori lavozimli shaxslarning nima sababdan yig‘ilishda ishtirok etmagani haqida rasmiy izoh berilmagan. Tahlilchilar esa bu holat mamlakat ichidagi siyosiy yoki xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!