Eron oliy rahbarining samolyoti yo‘q qilinishi mintaqada keskinlikni oshiradimi?

15 mart kechqurun Tehrondagi Mehrobod aeroportiga amalga oshirilgan zarba natijasida Eron oliy rahbari foydalanadigan samolyot yo‘q qilindi. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyotdan Eron rahbari hamda yuqori lavozimli amaldorlar va harbiylar foydalanib kelgan.
Isroil tomonidan amalga oshirilgan zarbaning mintaqaviy va xalqaro oqibatlari keng muhokama qilinmoqda. Mutaxassislar ta’kidicha, samolyotning yo‘q qilinishi nafaqat Eron rahbariyatining boshqa davlatlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish imkoniyatlariga, balki harbiy salohiyatini tiklashga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, bu hodisa mintaqada siyosiy va harbiy keskinlikni oshirishi mumkin. Eron tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan javob choralari nafaqat Yaqin Sharq, balki Markaziy Osiyo va boshqa xalqaro maydonlarda ham xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!