date

Taillandda dahshatli avariya: O‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Taillandda dahshatli avariya: O‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi

Tailandning mashhur sayohlik hududlaridan biri — Phuket orolida yuz bergan ayanchli yo‘l-transport hodisasi bir oilani qayg‘uga soldi. 18 mart kuni sodir bo‘lgan ushbu fojia natijasida O‘zbekiston fuqaro halok bo‘ldi, yana bir necha yurtdoshlarimiz turli darajada jarohat oldi.

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohatlarni Similan orollariga olib ketayotgan mikroavtobus yo‘lda avariyaga uchragan. Haydovchi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, mashina yo‘l chetidagi elektr uzatish ustuniga kelib urilgan.

Avtobus ichida jami 12 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 04:00 atrofida sodir bo‘lgan. Fojia oqibatida bir nafar o‘zbek fuqaro voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, to‘rt nafar yurtdoshimiz jarohat olib, shifokorlar nazoratiga olingan.

Bundan tashqari, transportda bo‘lgan sakkiz nafar Rossiya fuqarosi ham tan jarohatlari olgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb baholangan.

Jabrlanganlarning barchasi yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalariga olib borilgan. Hozirda Tailand huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ilk taxminlarga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisi oldinda harakatlanaotgan yuk mashinasi keskin tormoz bergani sababli vaziyatni nazoratdan chiqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Taillandda dahshatli avariya: O‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi