date

Isroil zarbasi: Eron razvedka vaziri halok bo‘ldi

Isroil zarbasi: Eron razvedka vaziri halok bo‘ldi

Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib Tehronda Isroil aviazarbasi natijasida halok bo‘ldi. Xatib Eronning eng nufuzli rahbarlaridan biri bo‘lib, marhum diniy rahbar Ali Xominayning yaqin safdoshlaridan edi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Katsga tayanib, Times of Israel xabar tarqatgan.

Katsning so‘zlariga ko‘ra, zarba 18 martga o‘tar kechasi yo‘llangan. U shunday dedi: «Eronga berilgan zarbalar intensivligi oshib bormoqda. Bu kecha Eron razvedka vaziri Xatib o‘ldirildi».

Isroil mudofaa vaziri ta’kidlashicha, u va mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa armiyasiga Eronning yuqori martabali arbobini qo‘shimcha tasdiqlarsiz yo‘q qilishga ruxsat bergan.

Hozircha Eron rasmiylari Xatibning o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi va rad etmadi. Ismoil Xatib 2021 yilda Eron razvedkasi rahbarligiga tayinlangan.

O‘tgan hafta AQSh Davlat Departamenti Eronning yuqori martabali mulozimlari haqida ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qilgan edi. Bu ro‘yxatda Mujtaba Xominay, Ali Larijoniy va Ismoil Xatibning ismlari qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Isroil aviazarbasi oqibatida Eron xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy ham halok bo‘lgan edi. Larijoniy bilan birga uning o‘g‘li Murtazo va uning qo‘riqlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Alirizo Beyat ham qurbon bo‘lgan. Shu kuni Isroil harbiylari «Basij» qo‘mondoni Ghulomrizo Sulaymoniyni ham yo‘q qilgan.

Ali Larijoniy Eronda Ali Xominaydan keyin halok bo‘lgan eng yuqori martabali mulozim sifatida tarixda qoldi. The New York Times yozishicha, AQSh va Isroil hujumi boshlanishidan oldin mamlakatda amaldagi hokimiyat aynan Ali Larijoniyning qo‘liga o‘tgan, va yanvarda Ali Xominay unga namoyishlarni bostirish va urushga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil zarbasi: Eron razvedka vaziri halok bo‘ldi