08:00 / 13.12.2019
6 635

Parijdagi mashhur Eyfel minorasi haqida biz bilmagan ajoyib maʼlumotlar

1. Har 7 yilda Eyfel minorasi qo‘lda qaytadan bo‘yab chiqiladi.
Parijdagi mashhur Eyfel minorasi haqida biz bilmagan ajoyib maʼlumotlar
Bu ishni amalga oshirishda juda katta mehnat va kuch talab qilinadi.Jumladan, 60 tonna bo‘yoq sarflanadi va bu ish qo‘lda amalga oshiriladi, shuning uchun ham ancha vaqt talab qilinadi. Bunga 18 oy vaqt sarflanadi.

2. Eyfel minorasi dunyodagi eng katta reklama uchun ishlatiladi.

Mashhur fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi Citroen Eyfel minorasidan 1925 va 1934 yillar oralig‘ida reklama qilish uchun foydalanishgan. Ular 250 mingga yaqin chiroqlardan foydalanib, kompaniyaning nomini minora ustiga namoyish etishgan. Ginnesning rekordlar kitobi hatto dunyodagi eng katta reklama sifatida qayd etilgan!

3. Eyfel minorasiga turmushga chiqqan ayol

2007 yilda bir ayol minoraga turmushga chiqishga qaror qildi va ismini Erika La Tour Eyfelga o‘zgartirdi. Hatto “Eyfel minorasiga turmushga chiqqan ayol” deb nomlangan hujjatli film olingan. Bu noodatiy dalillardan biri.

4. Eyfel minorasi quyosh botganidan keyin har soatda besh minut davomida chiroqlar bilan bezanadi.

Har soatda besh minut davomida nur sochadigan chiroqlar uchun 20000 ta chiroq kerak bo‘ladi.

5. Yaqinda Eyfel minorasida hattoki video klip olishga muyassar bo‘lishdi.

PNL fransuz rep dueti Eyfel minorasida musiqiy video olgan birinchi san’atkorga aylanishdi. Ular o‘zlarining 2019 yilda chiqqan qo‘shiqlari uchun 126 milliondan ortiq muxlislari tomonidan iliq kutib olindi.

6. Parijliklarning aksariyati minoraga chiqishmagan.

Ma’lumki, Eyfel minorasi Parijning eng muhim joylaridan biridir. Bu dunyodagi eng mashhur turistik markazlardan biri bo‘lib, yiliga 7 000 000 kishi tashrif buyuradi! Uning balandligi 324 metr va 10000 tonna og‘irlikka ega. Ammo ma’lumotlarga qaraganda, Parijda yashaydigan aholining ko‘pchilik qismi bu minoraga chiqmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijdagi mashhur Eyfel minorasi haqida biz bilmagan ajoyib maʼlumotlar