12:15 / 16.12.2019
3 312

Zelenskiy: Agar ertaga Donbassni qaytarib bersa, men 10 martalab Putin bilan qo‘l berib ko‘rishaman (video)

Zelenskiy: Agar ertaga Donbassni qaytarib bersa, men 10 martalab Putin bilan qo‘l berib ko‘rishaman (video)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy televizordagi tok-shouda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvi haqida gapirib berdi.

“Ha men Parijda Putin bilan qo‘l berib ko‘rishdim – qanday qilib busiz suhbatni boshlash mumkin? Agar ertaga u Donbassni qaytarib bersa, men 10 martalab Putin bilan qo‘l berib ko‘rishaman. Agar Qrimni qaytarsa – uni baribir kimdir qaytarib beradi – 100 marta. Putin oddiy emas, murakkab odam, ammo uchrashuvimizdan keyin menga ko‘p narsa ayon bo‘ldi.

Biz 8 soat bir-birimizga qarab turdik, kelishishimiz mumkin edi. Bu tez bo‘lmaydi, lekin baribir bo‘ladi. Men Minsk shartnomasini imzolamaganman, biroq prezident sifatida uning shartlarini bajarishga majburman. Ammo aminmanki, ba’zi narsalarni o‘zgartirishimiz mumkin. Donbassda urush bo‘lmaydi.

Nima uchun Putin Srebrenitsa haqida gapirayotganini, uning tajribasi qandayligini bilmayman, biroq bizning mamlakat boshqa: bu yerda inson huquqlari – birinchi o‘rinda. Gaz tranziti masalasi – faqatgina iqtisodiy masala, bizda shartnoma imzolash uchun yaxshi imkoniyat mavjud. “Xalq xizmatchisi” filmining televediniyedan olingani meni hayratlantirdi. Menimcha, bu kanal yoki rasmiylarning katta axborot xatosi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Agar ertaga Donbassni qaytarib bersa, men 10 martalab Putin bilan qo‘l berib ko‘rishaman (video)