Sentinel oroli. Kirish taqiqlanadi yoxud Tosh asriga xush kelibsiz

  • 21 dekabr 2019, 18:30
  • 1 399
  • Dunyo
  • Sentinel oroli. Kirish taqiqlanadi yoxud Tosh asriga xush kelibsiz
    Sentinel oroli (Rasmiy nomlanishi Shimoliy Sentinel oroli). Bu orol sayyoramizning eng kam o‘rganilgan joylaridan biri hisoblanadi. U yerga borish mumkin, biroq tirik qaytish juda ham qiyin. Buning sababi zaharli ilonlar, xavfli yirtqichlar yoki boshqa jonzotlar emas, balki u yerda yashovchi qabila hisoblanadi.

    Orolning joylashishi
    Sentinel oroli Andaman orollari tarkibiga kiradi.
    Geografik koordinatasi 11.556030, 92.239648
    Eng yaqin sivilizatsiya - Uondur shaharchasi 37 kilometr sharqda joylashgan.

    Umumiy maydoni 60 km2

    Sentinel oroli janubiy-andaman administrativ tumaniga qarashli hisoblanadi. Shuning uchun bu orol 1947 yildan buyon rasman Hindistonga tegishli hisoblanadi.

    Sentinel oroli aborigenlari
    Ushbu orolda sivilizatsiyadan bir necha o‘n ming yil qolib ketgan aholi yashaydi. Ularning aholisi soni olimlarning fikricha 50 tadan 400 tagacha bo‘lishi mumkin, qizig‘i shundaki ular orolni taxminan 55 000 yil avval egallashgan, ularning aniq sonini aytish qiyin, buning sababi daraxtlar bilan yopilgan o‘rmon hamda muloqot uchun agressiv aborigenlar hisoblanadi. Ularning yashash tarzi tosh davriga o‘xshaydi, bu qabila muloqot o‘rnatish uchun juda ham agressiv hisoblanadi. Bir necha ming yillardan buyon bu aholi orolga hech kimni yaqinlashtirmaydi.

    Aslida Sentinelliklar - endemin aholi bo‘lib, tashqi dunyo odamlari bilan muloqot ularni "o‘ldirishi" mumkin. Chunki ularda hozirgi infeksiyalarga qarshi kurashadigan immunitet mavjud emas.

    Bu aholining ovqatlanish ratsioni asosan kokos yong‘oqlari va qirg‘oqlarda tutilgan baliqlardan tashkil topadi. Bundan tashqari ular dengiz toshbaqalari va katta bo‘lmagan qushlar bilan ham oziqlanishadi. Olimlarning kuzatuvlariga ko‘ra, ular ovchi-yig‘uvchilar hisoblanishadi, dehqonchilik ularda mavjud emas.

    Orol tarixi
    Ko‘pchilik insonlar bu orol hamda unda yashovchi aborigenlar haqida eshitishmagan. Lekin bu orolning mavjudligi ko‘p yillardan beri ma’lum. Bu orolga yaqin yashovchi aholilardan tashqari yevropaliklar bu orolni XIII asrdan buyon bilishadi.

    Taniqli dengizchi Marko Polo, bu oroldan o‘tayotib bu aholini shunday ta’riflagan: "Eng yirtqich va yovvoyi xalq, boshlari, ko‘zlari va tishlari itnikiga o‘xshaydi. Ular juda ham yirtqich, har qanday notanish insonlarni o‘ldirishadi va yeyishadi".

    Orolda yashovchi aholi uzoqdan yaqinlashib kelayotgan qayiqlarni ko‘rishganida, kamonlardan o‘q uzishadi, baqirishadi va qo‘llari bilan aloqa qilish niyatlari yo‘qligini bildirishadi.

    Birinchi urush
    Aborigenlar bilan birinchi to‘qnashuv 1867 yili bo‘lgan. O‘sha vaqtda "Nineva" nomli Hindiston qayig‘i halokatga uchragan. 106 kishi tirik qolgan. Ular qirg‘oq yaqinida lagerlar o‘rnatishgan va bir necha kundan keyin mahalliy aholi hujumiga uchrashgan. Dengizchilar ularni qutqarishgunicha bir nechta hujumni bartaraf etishga to‘g‘ri kelgan.

    Ushbu orolda yashovchi aborigenlar nayzalaridagi temir uchlarini 1991 yili orol yaqinida tiqilib harakatga kela olmay qolgan va tashlab ketilgan qayiqdan olishgan.

    Ular bilan aloqa bo‘lgan
    Hindiston antropologik hizmati direktori Triloknatx Pandit hamkasblari bilan orol aholisini 20 yil mobaynida uzoqdan kuzatishgan.
    1990 yil oxirlarida Pandit orol qirg‘og‘ida turli xil sovg‘alar tashlab keta boshlagan.

    1991 yil 4 yanvarda orol aholisi bilan birinchi rasmiy tinchlik muloqoti bo‘lgan. Shu kuni aborigenlar guruhi Pandit bilan yaxshi munosabatda bo‘lishgan. Hattoki bittasi uning qayig‘iga ham chiqqan.

    Keyinroq Pandit orol aholisi bilan muloqot u uchun qandaydir aql bovar qilmaydigan va ajoyib hodisa bo‘lganini eslaydi. Ammo orol aholisi tomonidan nima bo‘lganda ham ishonchsizlik bo‘lgan. Misol uchun, Pandit suvda aborigenlar bilan birga bo‘lgan, undan qayiq biroz uzoqroqqa suzishi bilan, aborigenlardan biri pichoqni darhol olib Panditga ko‘rsatib tahdid qilgan. Shubhasiz, u Panditni orolda qolmoqchi deb o‘ylagan.

    2006 yili bu qabila, qayig‘i to‘satdan qirg‘oqqa borib qolgan 2 baliqchini o‘ldirgan, marhumlarning tanasini olib ketishga kelgan vertolyotni aborigenlar toshlar va kamonlardan o‘q uzib haydab yuborishgan. OAVning xabar berishicha, Hindiston hukumati vafot etgan baliqchilarning o‘limiga javob berish uchun hech kimni javobgarlikka tortmagan. Xuddi shunga o‘xshash holat 2018 yili noyabr oyida Amerikalik turist bilan ham bo‘lgan.

    Hindiston hukumati tomonidan 1997 yili rasmiy tashriflar bu orolga to‘xtatilgan. Sentinel oroli hanuzgacha sayyoramizning o‘rganilmagan joylaridan biri bo‘lib qolmoqda.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sentinel oroli. Kirish taqiqlanadi yoxud Tosh asriga xush kelibsiz