Eron yangi oliy rahbari jarohat olgani haqidagi xabarlar tarqaldi

1 daqiqa o'qish10.6K
Eron yangi oliy rahbari jarohat olgani haqidagi xabarlar tarqaldi

Isroil va AQSh rasmiylariga ko‘ra, Eronning yangi oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri turli manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr yozishicha, aynan shu sababdan Mojtaba Xomanaiy oliy rahbar etib saylangani e’lon qilingandan keyin ham jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan bo‘lishi mumkin. Bu holat esa turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda.

Isroil manbalarining bildirishicha, Mojtaba Xomanaiy AQSh va Isroilning Eron bilan urushi boshlangan ilk kunlarda jarohatlangan. Ularning aytishicha, o‘sha paytda otasi — oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgan, Mojtaba esa oyog‘idan yaralangan.

Shu bilan birga, The New York Times’ning Eron ichkarisidagi manbalari ham Mojtaba Xomanaiy jarohat olganini tasdiqlagan. Biroq ular jarohat qachon va qanday sharoitda yuz berganiga aniq izoh bermagan.

Eron prezidenti Mas’ud Pezoshkianning o‘g‘li Yusuf esa bu ma’lumotlarga munosabat bildirib, Mojtaba Xomanaiyning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi. Shu sababli uning sog‘ligi borasidagi xabarlar hozircha turli qarama-qarshi ma’lumotlar bilan davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?