date

Keksa ayolni qo‘rqitgan robot politsiya tomonidan "qo‘lga olindi" (video)

Keksa ayolni qo‘rqitgan robot politsiya tomonidan "qo‘lga olindi" (video)

Xitoyning Makao shahrida g‘ayrioddiy va hayratlanarli hodisa ro‘y berdi: yetmish yoshli ayol ko‘chada telefon ekraniga qarab ketar ekan, ortidan kelayotgan Unitree G1 odamsimon robotini ko‘rib qattiq qo‘rqib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol robotga qarab yozuv bilan gapirayotgani, shuningdek, hodisa joyiga chaqirilgan politsiya xodimlari tomonidan robotning olib ketilayotgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, robot Makaodagi ta’lim markaziga tegishli bo‘lib, uning vazifasi hududdagi reklama va marketing aksiyalarida ishtirok etishdan iborat edi. Markaz vakili Tovin Makning ma’lum qilishicha, ayol yo‘lda to‘xlab qolgani uchun robot uning yonidan aylanib o‘ta olmagan va yo‘l bo‘shashini sabr bilan kutgan.

Hodisa natijasida ayol kuchli stressga tushib, o‘zini yomon his qilgani tufayli politsiya xodimlari uni shifoxonaga olib borgan. Ushbu voqea internetda ko‘pchilikni hayratga soldi va odamsimon robotlar hayotimizga yanada yaqinlashib borayotganini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Keksa ayolni qo‘rqitgan robot politsiya tomonidan "qo‘lga olindi" (video)