AQShda doimiy yashash imkoniyati: Green Card lotereyasi qayta ochildi

AQSh Davlat departamenti 2026 yilgi Diversity Visa (DV-2026) — Green Card lottreyasi jarayonini 10 aprelidan boshlashini e'lon qildi. Ushbu dastur orqali ishtirokchilar AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi Green Card olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ariza berish jarayonida yangi talablar joriy etilgan, jumladan, amaldagi passport talab qilinadi va har bir ishtirokchi faqat bitta ariza topshirishi mumkin. Green Card lottreyasi minglab insonlarga AQShda yashash va ishlash imkoniyatini taqdim etadi.
AQSh Davlat departamenti 2026 yilgi Diversity Visa (DV-2026) — ya’ni Green Card lotereyasi jarayonining 10 apreldan boshlanishini e’lon qildi. Bu dastur orqali ishtirokchilar AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi Green Card’ga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Lotereyaga ariza berish jarayonida bir nechta yangilangan talablar joriy etilgan:
-
Ariza topshirishda amaldagi pasport talab qilinadi;
-
Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1 dollarlik to‘lov kiritilgan;
-
Tug‘ilgan sana faqat yosh emas, aniq ko‘rsatilishi shart;
-
Har bir ishtirokchi faqat bitta ariza topshirishi mumkin;
-
Takroriy arizalar avtomatik diskvalifikatsiyaga olib keladi.
AQSh Green Card lotereyasi minglab ishtirokchilarga Amerika Qo‘shma Shtatlarida doimiy yashash va ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi mashhur dastur hisoblanadi. Shu sababli, ishtirokchilar arizalarni aniq va to‘liq shaklda taqdim etishlari zarur.






























Izohlar 0
…