Foto: House of Commons/AP
20 dekabrda Britaniya quyi palatasi deputatlari bosh vazir Boris Jonson taxmin qilganidek, qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qonun loyihasini ma’qullashdi.
Kelishuvga 358 deputat ovoz bergan, 234 deputat esa qarshi chiqqan. Endi qonun loyihasi lordlar palatasiga ma’qullash uchun beriladi, undan keyin hujjatni qirolicha Yelizaveta II imzolashi kerak.
Jonsonning taxminicha, bu 2020 yil yanvarining birinchi o‘n kunligidan kech yuz bermasligi kerak. Agar shunday bo‘lsa, Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etadi. So‘ngra bir yillik o‘tish davri amal qilib, unda tomonlar savdo va boshqa sohalar bo‘yicha kelishuv tuzishlari kerak bo‘ladi.
Britaniya parlamenti anchadan beri “Brekzit”ni ma’qullovchi qonun loyihasini qabul qila olmayotgandi. Unga muxolifat qarshi chiqayotgandi. Vaziyatni Jonson yetakchilik qiluvchi Konservatorlar partiyasi muddatdan avval saylovlarda g‘alaba qilgandan keyin o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?