2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yashirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti. Shu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bo‘limining dunyo bo‘ylab amaliyotlaridan ko‘radigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad solig‘i to‘lamaydi.
Bunday tartib Amerika va Evropadagi soliqlarning sezilarli qismini to‘lamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQSh hududidan tashqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni tashkil etadi.
«Gollandiya sendvichli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlashtirish vositasida soliq miqdorini sun’iy ravishda kamaytirish imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunchilikdagi ushbu usulga imkon beruvchi kamchilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgacha ruxsat bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?