AQSh milliy valyutasi – dollar kursi 14 yillik eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakat sanoat sektorining noyabr oyidagi faolligiga doir ma’lumotlar kutilganidan ham yaxshiroq ekani ma’lum bo‘lgach, 3 yanvardagi savdolarda shunday ko‘rsatkich qayd etildi. Jahonning asosiy olti valyutalari (evro, iena, funt sterling, Kanada dollari, Shveysariya franki, shved kronasi)ga nisbatan nisbatini ko‘rsatuvchi indeks 103,82 punktga ko‘tarilgan, deya yozadi Kun.uz sayti. Bundan avval, 2002 yil dekabrida shunday natija qayd etilgan edi. Bunga, shuningdek, AQShdagi qurilish sohasidagi xarajatlar so‘nggi 10,5 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga etgani haqidagi xabarlar ham turtki bo‘lgan.
Shu bilan birga, Etkazishlarni boshqarish institutining xabar qilishicha, sanoat mahsulotlari narxlari ham kutilganidan ziyoda bo‘lgan. Ma’lumotlar e’lon qilingach, evro kursi 1,0342 dollargacha pasaygan. Bu 2003 yil yanvaridan beri ilk marta kuzatilayapti. Britaniya funtining dollarga nisbatan kursi 1,22 dollarni tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, dollar poygasi AQSh prezidentlik saylovidan buyon davom etmoqda.
FZT – Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishi dollar o‘rnini mustahkamladi, xolos. Shu bilan bir vaqtda, neft kotirovkalari qulashi qayd etildi. Brent navli neftning bir barreli 2,99 dollarga arzonlashib, 55,39 dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi