13:18 / 23.02.2017
27 866

Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi

Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi

Plastik kartalarda balans holati nol bo‘lib turganda ham tovarlar va xizmatlar uchun pul to‘lash mumkin bo‘ladi. Ya’ni bank karta egalari uchun biroz miqdorda qarz olish xizmatini joriy etadi, deb yozadi Uz24.uz sayti.

Xabarga ko‘ra, ushbu xizmatdan faqat maosh kartalari egalari foydalanishlari mumkin. Bank kartalar egalariga kichik muddatga muayyan foiz bilan pul taqdim etadi. Uning maosh kartasiga pul tushganidan so‘ng qarz avtomatik tarzda yopiladi.

Xizmat 1 martdan ishga tushirilishi kutilmoqda. Birinchi bosqichda qarz summasi eng kam oylik ish haqi - 150 ming so‘mdan oshmaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi