Mevalarni kattalar ham kichiklar ham sevib iste’mol qilishadi. Yilning qaysi vaqti bo‘lmasin, uydagi bor mevalardan salat ham tayyorlashingiz mumkin. Bugun biz mevali salat tayyorlashning asosiy reseptini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Masalliqlar:
- Mevali yogurt — 100-200 gr;
- Qizil olma — 1 dona;
- Banan — 1 dona;
- Kivi — 2 dona;
- Mandarin — 1 dona;
Tayyorlanishi:
Mevalarni yaxshilab yuving.
Banan, mandarin va kivini arching, mayda qilib kubik shaklida to‘g‘rang.
To‘g‘ralgan mevalarni yogurt bilan aralashtiring.
Kichkina likopchalarga qo‘yib ustini mandarin bo‘lakchasi bilan bezating.
Tayyor bo‘lgan mevali desertni biryo‘la dasturxonga tortishingiz mumkin.
Salat uchun mevalarning har qanday turidan foydalanishingiz mumkin. Yogurt o‘rniga esa muzqaymoq ishlatsangiz ham bo‘ladi. Shirinlikni sevadiganlar uchun salat ustiga shokolad kukuni sepilsa, yanada mazali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda