Amerikalik parhezshunoslar ozish imkonini beruvchi yormalarni iste’mol qilishning eng ma’qul usulini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etildi, deb yozadi Daryo nashri.
Mualliflar fikricha, butun donli, ya’ni ishlov berilmagan (yanchilmagan va tozalanmagan) yormalar sog‘liq uchun eng foydalilaridir. Ular tana vaznini kamaytirishni osonlashtirib, yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi.
Olimlar sakkiz hafta davomida 40—65 yoshdagi ko‘ngillilarning parhezini kuzatib, shunday xulosaga keldi. Dastlabki ikki hafta davomida ishtirokchilar ishlov berilgan dondan tashkil topgan taxminan bir xil mahsulotlarni iste’mol qildi. Shundan so‘ng ularni 40 va 41 kishilik ikkita guruhga ajratishdi. Birinchi guruh avvalgi parhezni davom ettirdi, ikkinchisi esa faqat ishlov berilmagan donlarni tanovul qila boshladi.
Ikkinchi guruh ishtirokchilarining ichaklarida normal pH uchun qulay sharoit yaratadigan bakteriyalar ko‘proq, yallig‘lanish rivojlanishiga imkon beradigan bakteriyalar esa kamroq bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, butun donli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida har kunlik rasionning umumiy energetik qiymati taxminan 100 kilokaloriyaga kamayadi.
Mualliflar rasionga butun donli un, suli va jigarrang guruchni kiritishni tavsiya qiladi. Ishlov berilgan va ishlov berilmagan donlar o‘rtasidagi farqlar shundaki, ishlov berilmaganlari tarkibida kletchatka va mikroelementlar ko‘proq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi