Mukammal pressga ega bo‘lish yo‘li bormi?

  • 03 mart 2017, 17:38
  • 5 324
  • Hayot tarzi
  • Mukammal pressga ega bo‘lish yo‘li bormi?

    Mukammal pressga ega bo‘lish uchun ko‘pchilik bekorga harakat qiladi. Hech narsa, ertalabki yugurishlar ham, hatto mashq qilish zallarida doimiy shug‘ullanish ham yordam qilmayotganidan shikoyat qiladi.

    Haqiqatan ham, mukammal qorin muskullarga qanday qilib erishish mumkin? Hamma gap, ma’lum bir nozik tomonlariga to‘g‘ri yondashishni bilish zarurligidadir.

    Xohlaganini eyish

    Parhezning elementar qoidalariga rioya qilmasangiz hech qachon chiniqtirilgan muskullarga ega bo‘la olmaysiz.
    Hatto yugurish yo‘lakchasi siz uchun ertalabki zaruriy ajralmas qismga aylangan bo‘lsa ham kun davomida iste’mol qilgan yog‘li ovqat va ichkilik natijasida butun urinishlaringiz bekor ketadi.

    Muskullar uchun oziq-ovqatlar

    Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar o‘zlarning oziq-ovqatlarini muskullarni chiniqtirishga yordam berishi to‘g‘risida noto‘g‘ri reklama qiladi. Lekin, ming afsuski mukammal muskullar uchun muntazam ravishda shug‘ullanishdan boshqa hech narsa yordam berolmaydi.

    Tez takrorlashlar

    Jadallik hech qachon qorin muskullarini ishlatish garovi bo‘lmagan. Muskullar uchun har qanday mashqlarni uzluksiz ravishda va shoshilmasdan bajarish zarur.

    Tanaffus qilib turish kerak

    Ba’zi sportchilar mashqlarni ikki-uch kunda bir marta qilish kerak deb hisoblaydi. Ya’ni, tanaffussiz natija bo‘lmaydi deyishadi. Bu noto‘g‘ri, muskullarni har kuni mashqlarni almashtirgan holda ishlatsangiz maqsadingizga ancha tez erishasiz.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mukammal pressga ega bo‘lish yo‘li bormi?