Nuqtai nazar: Boylik boylar uchun zaharmi?

  • 08 mart 2017, 19:26
  • 3 928
  • Hayot tarzi
  • Nuqtai nazar: Boylik boylar uchun zaharmi?

    Mijoz har doim haqmi yoki sotuvchi?

    Avval boshdanoq ta’kidlashni istardikki, bu maqola xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarga daxldor emas. Balki reklama vositasida kishilar ongini boshqarishga oid. Shu bilan birga, unda badavlat kishilarning antiqa qiziqishlari, ularni boshqarish qanchalik oson ekani xususida. Amerikalik iqtisodchi va treyder, «Qora oqqush» nazariyasi muallifi Nassim Talib shu haqda fikr yuritadi, deb yozadi Kun nashri.

    Aksar odamlar boy bo‘lgani sari o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlarini boshqarish malakasidan mahrum bo‘lib borishadi. Ular o‘z xohish-istaklari ustidan nazoratni yo‘qotishadi, aksincha sun’iy qoidalarga bo‘ysuna boshlashadi. Bu esa ularning hayotini tobora murakkablashtiradi va aziyat chekishlariga sabab bo‘ladi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh ular ushbu sun’iy qoidalarni qayerdan olishadi? Buning javobi esa juda oddiy. Mazkur qoidalarni ularga nimanidir katta pulga sotmoqchi bo‘lganlar o‘ylab topishadi va boylarning onggiga singdirishadi. Ha, bu savdo o‘yinidagi xususiy manfaat muammosining aksidir.

    Jamiyatning o‘ziga to‘q qatlamining dunyo qarashiga, ularga biror jihozni o‘zaro rozi-rizolik bilan sotish vositasida pul topishni istaganlar ta’sir ko‘rsatadi. Xaridorlarning boy-badavlat bo‘lgani esa nur ustiga a’lo nur. Chunki, ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotganlar, odatda, kamroq imkoniyatga ega bo‘lgan kishilar toifasiga mansub bo‘lgani bois, birov-birovni ayblashni xayoliga ham keltirishmaydi.

    “Gap shundaki, – deb yozadi maqola muallifi – bir safar men Mishlen yulduziga ega restoranda kechki ovqatni tanovul qildim. U erga meni bir tanishim taklif qilgan edi. U, garchi men oddiygina grek oshxonasini ma’qul ko‘rgan bo‘lsam-da, aynan ushbu restoranda ovqatlanishda oyoq tirab turib oldi. Qimmat restorandagi muhit ham o‘ziga yarasha jiddiy edi. Kechki dasturxonga tortilgan taomlar esa, kichik porsiyalardagi va ehtimol faqat mikroskopda ko‘rsa bo‘ladigan turli xil qo‘shilmalardan iborat edi. Ularning ta’mi, mazasi bir-biriga shunchalik zidki, go‘yoki sinov vaqtida imtihon topshirayotgandek tasavvur hosil qilish mumkin. Bu kechki ovqatdan ko‘ra, ko‘proq “tomi ketgan” filolog bilan qandaydir muzeyga borgansiz-u, hamrohingiz o‘zingiz bilishni istamagan nimalardir haqida tinimsiz va’z o‘qishiga o‘xshab ketar edi.

    Stolga keltirilgan taomlar orasida aksari menga notanish, aniqrog‘i, mening ishtahamga mos keladigani uchramadi. Kutilmaganda, o‘zimga maqbulroq taomga ko‘zim tushdi, ammo ulgurmadim. Navbatdagi taomni uzatish vaqti kelgan edi va men undan bir luqma ham tatiy olmadim. Men dasturxon uzra ko‘z yugurtirar ekanman, xizmatchining so‘zlarini tinglash asnosida diqqatimni yo‘qotishdan hadiksirab turdim. Men o‘zimning zerikayotganimni bildirmaslik uchun juda katta kuch sarfladim. Meni xursand qilgan bir narsa bor edi – u ham non bo‘ldi. Ammo, non sovuq holda keltirilgan edi. Kim bilsin, balki issiq non Mishlen restoranlari standartiga kirmas”.

    Nassim Talibning davom etishicha, u ilk marta restoranni och holda tark etgan.

    “Agar menda imkon bo‘lganida, vaqt sinovidan o‘tgan taom, masalan pissa yoki lazzatli burgerni tanlagan bo‘lardim. Shu bilan birga, restoranda to‘langan pulning 1/20 qismini sarflardim. Ammo, hamrohim shunday qimmat restoranda ovqatlana oladigan kishi bo‘lgani uchun ham biz bosh oshpazning, ta’bir joiz bo‘lsa, Mishlendagi qaysidir buyruqboz tomonidan tasdiqlangan murakkab tajribasi qurboni bo‘ldik”.

    Muallifni ajablantirgan narsa, boy insonlarning shunchalik yengil nishon bo‘lishlarida edi.

    “Ha, bu men uchun Venenum in auro bibitur — tilla idishdan ichilgan zahar kabi bo‘ldi. Bundan ham taajjublisi, odamlarni ma’nisiz murakkabliklar bilan aldashning juda ham osonligidadir. Shu bilan birga, kambag‘al kishilar bu kabi firibgarliklardan qutulishgan. Aynan ko‘proq pul topish istagi, olimlarni, qulay va oson yo‘li turganda, echimning murakkabini topishga undaydi. Bizlarning aksarimiz uchun gamburgerlar mazaliroq, biroq, insonlar file-minon yaxshiroq ekaniga, qimmat bo‘lgani uchun ham ko‘r-ko‘rona ishonishadi”, - deb fikr yuritadi Nassim Talib.

    Uning ishonch bildirishicha, jamiyatdagi bu kabi hollarda ijtimoiy fikr muhim o‘rin tutadi. Masalan, aslida, har qanday kishini qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish imkonini beruvchi qulay hududdagi uncha katta bo‘lmagan uy qanoatlantiradi. Ammo, odamning puli etarli bo‘lsa, ijtimoiy fikrga bo‘ysuna boshlaydi hamda kimsasiz, odamlardan yiroqda bo‘lgan ulkan va jozibasiz, hashamatli uyga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi.

    Bundan tashqari, hashamatli uy qasr yoki saroydek kelsa-chi, malakali boshqaruvchilar va xizmatchilarni yollashga to‘g‘ri keladi. Shu narsani unutmaslik kerakki, insonga xos iliqlikdan mosuvo bo‘lgan uylarda jamiyatdan begonalashish hissi paydo bo‘ladi. Xizmatchilar bilan liq to‘la ulkan saroyda esa bu hissiyot yanada kuchayadi.

    Ta’kidlash o‘rinliki, boy odamlar orasida oddiy kishidek kamtar ko‘rinadiganlar ham bor. Ular gap nimadaligini yaxshi tushunishadi. Ular o‘zlari uchun qulay bo‘lgan joyda isiqomat qilishadi, boshqa dabdabali uyga ko‘chish noto‘g‘ri ekanini anglab turishadi. Hatto, hamon ota-onasining uyida yashayotgan boylar ham yo‘q emas. Bu insonlar, ularning tanlovini ularga nimadir sotmoqchi bo‘layotganlar yoki ularning puliga sherik bo‘lishni istayotganlar boshqarayotganini bilishadi. Shu ma’noda kambag‘al bo‘lish o‘ziga xos xotirjamlikni ta’minlovchi qulaylik, deyish mumkin.

    Boshqa so‘z bilan aytganda: agar boylik sizga tanlov borasida imkoniyatni kengaytirish o‘rniga cheklayotgan ekan, demak, nimanidir noto‘g‘ri bajarmoqdasiz. Bunga ishonchingiz komil bo‘laversin.

    Endi keling, ushbu kuzatuvlarni umumiy holat bilan qiyoslaymiz. Siz jamoatchilikning barchasi boy bo‘lishini yoki jilla qursa qashshoqlikka barham berishni hohlayapsiz. U holda quyidagi narsaga e’tibor berish zarur: sizning istaklaringizni kim belgilab berayapti — siz o‘zingizmi yoki sizga nimanidir sotmoqchi bo‘layotganlarmi?

    Restoranda bo‘lgan hodisaga qaytadigan bo‘lsak, sun’iy va tabiiy talablar o‘rtasidagi farqni anglab etish mumkin.

    “Agar menda 200 dollarni pissaga yoki 6,95 dollarni oddiygina fransuz restorani uchun to‘lash tanlovi bo‘lganida men 200 dollarni osongina pissaga to‘lagan bo‘lardim. Nega, chunki men Mishlen restoraniga bormaslik uchun shunday qilishga tayyorman! Bu holatni iqtisodchilar salbiy foyda deb atashadi. Shunga ko‘ra, farovonlikning haddan ortiq o‘sishi ba’zan foyda o‘rniga zarar keltiradi.

    Ko‘plab mamlakatlar fuqarolari tobora boy va farovon bo‘lib bormoqda hamda ularning xohish-istaklarini boshqalar boshqarayapti. Shu sababli, pissa arzonligicha qolmoqda, Mishlen restoranlari faoliyatini davom ettirayapti. Xulosa qilish o‘zingizdan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nuqtai nazar: Boylik boylar uchun zaharmi?