12:22 / 24.03.2017
8 676

Vitaminlar qabul qilishingiz kerakmi?

Vitaminlar qabul qilishingiz kerakmi?
Bahor – organizmimiz har qachongidan ham vitaminlar etishmasligidan aziyat chekadigan fasl. Bahorgi avitaminoz hatto xilma-xil ovqatlanadigan, sabzavot va mevalarni ko‘p eydiganlarga ham xavf soladi. Shu munosabat bilan ko‘pchilik draje shaklidagi vitaminlar qabul qila boshlashadi. Bu to‘g‘rimi? Eng ommabop savollarga javob beramiz.

Vitaminlar ichish jigarga ta’sir qiladimi?

Vitaminlarni me’yorida va shifokor ko‘rsatmalariga asosan qabul qilish sog‘lom odam uchun xavf tug‘dirmaydi.

Lekin yog‘ erituvchi vitaminlar (A, D, E, K) ni surunkali ravishda me’yoridan ko‘p ichish organizmga, shu jumladan jigarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Avitaminoz haqiqatan ham ko‘p tarqalganmi?

Ko‘pchilik «avitaminoz» (bir yoki bir necha vitaminlar etishmasligi natijasida sog‘liqning jiddiy zararlanishi – masalan, singa, pellagra) va har bir kishi hayotida uchrab turadigan «gipovitaminoz» (qaysidir vitamin yoki vitaminlarning biroz etishmasligi) tushunchalarini almashtirib yuboradi.

Polivitaminlarning ba’zi komponentlari bir-birining ta’sirini kamaytirishi mumkinmi?

Vitaminlar kompleksi etishmovchilikning oldini olish uchun yaratilgani bois, hatto vitaminlar va minerallarning ta’siri kamayganda ham ba’zi qismlari baribir organizmga kelib tushadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vitaminlar qabul qilishingiz kerakmi?