7 402
Shirin gazli ichimliklar har yili 184 000 kishining o‘limiga sababchi bo‘lishi aniqlandi
Shakarni haddan ziyod miqdorda iste’mol qilishning zarari anchadan beri ma’lum. Endi esa olimlar qo‘rqinchli raqamlarni e’lon qildi: gazlangan shirali ichimliklar har yili 184 000 nafar odamning o‘limiga sabab bo‘layotgan ekan. Bu haqda «Populyarnaya Mexanika» nashriga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Bostondagi (AQSh) Tafts univesiteti olimlari tadqiqotlari davomida shirin gazlangan ichimliklarning (sport va energetik ichimliklar bilan birga) yurak bilan bog‘liq muammolar, semirish, saraton va qand kasali kelib chiqishi hamda rivojlanishiga ta’sirini o‘rganib chiqdi. Bunda o‘zlari qo‘lga kiritgan ma’lumotlar hamda oxirgi 30 yil mobaynida o‘tkazilgan ko‘plab izlanishlardan foydalandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bunday ichimliklarni suiiste’mol qilish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili 184 000 nafargacha bo‘lgan odam hayotdan ko‘z yumar ekan. Bunda qand kasalining ikkinchi turiga 133 000, yurak va qon-tomir kasalliklariga 45 000, saratonga 6450 ta o‘lim to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidagi 611 000 kishining kasallik tarixi o‘rganib chiqilgan. 20 ta eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlardan 8 tasi Lotin Amerikasi va Karib havzasida joylashgan, bu erlarda esa gazlangan ichimliklar juda ommalashgan. Meksikada shirin ichimliklar 45 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining 30 foiziga sabab ekan, undan tashqari, bu mamlakatda aholining 10 foizdan ortig‘i qand kasaliga chalingan.
AQSh fuqarolari bir kunda o‘rtacha 22,2 qoshiq shakar iste’mol qilar ekan va bu asosan shirin ichimliklar orqali bo‘ladi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar shakarni faqat ta’mni yaxshilash uchun qo‘shadi, oqibatda ozuqa quvvati o‘rniga kishi ortiqcha kaloriyalarga ega bo‘ladi, bu esa vazn ortishi hamda yurak va qon-tomir muammolariga olib keladi. Shakarsiz choy ommalashgan Yaponiyada, aksincha, shirin ichimliklar tufayli yuzaga keladigan kasalliklardan o‘lish holatlari kamdan – kam uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi