Kaliforniya universiteti mutaxassislari televizordagi tasvirlarning inson ruhiyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Unda qayd etilishicha, jonivorlar, baliqlar, hasharotlar yoki o‘simliklar haqidagi hujjatli filmlar kishining ichidagi xavotirni yo‘qotib, kayfiyati ko‘tarilishiga xizmat qiladi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Olimlar real vaqt tizimida insonning ruhiy kechinmalarini yuz orqali aniqlashi mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyadan foydalanishdi. Ular AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Hindiston, Janubiy Afrika va Avstraliya fuqarolari bo‘lgan 7500 kishi ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi.
Tajriba ishtirokchilariga turli janrdagi dasturlar, filmlar taqdim etildi. Ular orasida yangiliklar, dramatik kartinalar, ko‘ngilochar dasturlar hamda “Er sayyorasi” serialidan parcha namoyish etildi.
Natijalarga ko‘ra aniqlanishicha, hujjatli film tomosha qilish insondagi asabbuzarlik, qo‘rquv, charchoq, stress, jahl, tushkunlikni bartaraf etadi. Shu bilan birga bunday janrdagi filmni tomosha qilish insonga quvonch, xursandchilik, yaxshi kayfiyat, huzur, tashabbuskorlik kayfiyatini baxsh etadi.
Tabiat haqidagi filmlar, ayniqsa, ayollar va 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga ijobiy ta’sir qilar ekan.
Avvalgi yillar mobaynida o‘tkazilgan 159 ta ilmiy tahlil ham insonning tabiat va o‘simlik dunyosi bilan yaqinlashishi kishining diqqatini jamlashga, tinchlanishga yordam beradi. Shuningdek, jismoniy salomatlikning yaxshilanishiga ham sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda