11:54 / 29.04.2017
18 452

Kechqurun nima eyish qomatga zarar etkazmaydi?

Kechqurun nima eyish qomatga zarar etkazmaydi?
Ba’zan uyquga yotishdan oldin ochiqqaningizni his qilasiz. Lekin qomatga zarar etkazmasdan qanday ovqatlar bilan qorinni to‘yg‘azsa bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatda keltirilgan taomlar organizmga ortiqcha kaloriya yuklamasdan qorinni to‘ydirishga yordam beradi.

Kurka/Tovuq

Triptofan aminokislotasi organizmda uyqu gormoni melaninnning ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Tarkibida bu muhim modda bo‘lgan oziq-ovqatlardan biri kurka va tovuqlarning go‘shti hisoblanadi. Bu taomning 100 grammdan sal ko‘proq o‘lchamdagi uncha katta bo‘lmagan porsiyasi oson hazm bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida uxlashga ham yordam beradi.

Achitilgan sut mahsulotlari

Kechki paytda ovqatlanish uchun foydali va yengil variant – achitilgan sut mahsulotlari qo‘shilgan ovqatlar ham bo‘lishi mumkin. Tabiiy achigan sut mahsulotlari tarkibida foydali bakteriyalar mavjud.

Baliq

Uyqu oldidan tuzlangan va dudlangan baliq organizmga faqat zarar keltiradi, lekin bug‘da pishirilgan yog‘siz navlari esa aksincha ta’sir ko‘rsatadi. Ular tuzlar va zararli yog‘lar kabi yig‘ilib qolmasdan qorinni to‘ydiradi va organizmni foydali moddalar bilan ta’minlaydi.

Bodom

Bodom qomat uchun eng xavfsiz yong‘oq deb hisoblanishidan tashqari, u magniy moddasiga ham boydir. Bir siqim bodom to‘yish hissini beradi va shuningdek tez uxlashga yordam beradi.

Olma

Kechki payt eyish uchun duxovkada pishirilgan olma ham mos keladi. U ochlik hissini pasaytiradi va organizmda yog‘ zaxirasiga aylanib qolmaydi.

Manba: “Daryo”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kechqurun nima eyish qomatga zarar etkazmaydi?