10:20 / 03.06.2017
12 128

Salomatlik va xush kayfiyatning 24 ta siri

Salomatlik va xush kayfiyatning 24 ta siri
Doimo salomat bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda yurishni istaysizmi? Unda quyidagi tavsiyalarimiz bilan tanishing.

1. Har kuni 30 daqiqa davomida faol jismoniy harakat bilan shug‘ullaning.
2. Kun davomida 8 stakan suv iching.
3. Nonushtani qirollardek, tushlikni shahzodalardek, kechki ovqatni esa faqirlardek iste’mol qiling.
4. Ko‘proq tabiiy mahsulotlarni tanovul qiling.
5. O‘z — o‘zingizni tahlil qilish uchun vaqt ajrating
6. Yoga bilan shug‘ullaning, tuz va gazli suvlarni kamroq tanovul qiling.
7. Ko‘proq kitob o‘qing.
8. Kun davomida kamida 10 daqiqa sokinlikda o‘tirish uchun vaqt ajrating.
9. Kun davomida 8 soat uxlang.
10. Piyoda ko‘p sayr qiling va tabassumni kanda qilmang.
11. O‘z hayotingizni o‘zgalar turmush tarzi bilan taqqoslamang.
12. Unutmang vaqt hamma narsani davolaydi.
13. O‘zingizni yaxshi ko‘ring.
14. Energiyangizni safsatabozliklar uchun sarf qilmang
15. Vaqtdan unumli foydalaning. Bu uchun sizda barcha narsa etarli.
16. Umringizni birovlarni ko‘ra olmaslik uchun sarf etmang.
17. O‘tmishingizga ko‘ning, zero u kelajagingizni barbod qilmasin.
18. Sizni o‘zingizchalik hech kim baxtli qila olmaydi
19. Yaxshi va yomon vaziyatlar vaqti kelib o‘zgarib turadi.
20. Esingizda bo‘lsin: stress ko‘pgina kasalliklar sababchisi sanaladi.
21. Qarindosh va yaqinlaringizni tez-tez yo‘qlab turing.
22. Insonlar bilan iliq munosabatda bo‘lishga odatlaning.
23. Birovlarning siz haqingizdagi fikri sizni aslo hayajonga solmasin.
24. Hayot qisqa, lekin undan rohatlanish uchun vaqt etarli ekanini unutmang.

Xurshida Husenova

Manba: soglom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Salomatlik va xush kayfiyatning 24 ta siri