23:04 / 06.08.2017
8 705

Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
7 avgust kunning birinchi yarmida ilgari eng yaqin insonlar bilan buzilgan munosabatlarni qayta tiklaysiz, yangi tanishuvlarga esa sira yo‘l bermang. Oila qurmaganlar bugun muhabbat zavqidan sarmast bo‘lishga tayyor emaslar. Shuning uchun ish bilan shug‘ullanishingiz tavsiya etiladi. Moliyaviy muammolaringiz bugun xamirdan qil sug‘urgandek oson hal bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda jahl va nafrat ma’lum muddat hukm surishi mumkin. Bu salomatligingizga ham sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yulduzlar bugun juda katta xarajatlar kuzatilishini bashorat qilishgan. Ammo moddiy ahvolingiz to‘kisligicha qoladi. Siz istagancha yaqinlaringiz uchun sovg‘alar xarid qilishingiz, ular mehriga istagancha qonishingiz mumkin. Bugun jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirish, muolajalar olish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Kechqurun bir guruh do‘stlaringiz davrasida dam olishingiz kutiladi. O‘zingizni va asablarni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 avgust kun davomida sizni muhabbat va ehtiroslar ta’qib etadi. Ayniqsa, oilasizlar bu ta’qiblardan zinhor mosuvo qolmaydilar. Lekin bu asosiy yumushlarni ado etishingizga xalal bermaydi. Muammolaringizni bartaraf etishda va’dabozlar, yolg‘onchi va ikkiyuzlamachilardan yordam so‘ramang. Faqat qalbingiz amriga quloq tuting. Ana shunda moliyaviy jihatdan ham to‘kislikka erishasiz. Kechqurun sportning yengil turlari bilan shug‘ullaning. Bu salomatligingiz uchun juda foydali ekanini unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Buguningiz ajoyib tarzda boshlanadi. Barcha istaklaringiz Yaratganning qudrati bilan oson ro‘yobga chiqadi. Oila qurmaganlar yangi tanishuvlarni boshdan kechirib, romantik uchrashuvdan zavq olishadi. Ro‘zg‘orda kun bo‘yi turli mayda-chuyda kamchiliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Tadbirkorlar ham aynan bugun foydali shartnomalarga imzo qo‘yishadi. Kechqurun yaqinlaringizdan biri kutilmagan sovg‘a hozirlashni niyat qilgan.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 avgust kunning birinchi yarmida kelajakka sinchiklab nazar solingki, yaqin o‘tmishdagi xatoliklar takrorlanmasin. To‘g‘ri, siz yaxshi odamlar qurshovida bo‘lasiz, biroq ularning ba’zilari o‘z maqsadlarini amalga oshirishda sizdan unumli foydalanishni niyat qilgan bo‘lishi mumkin. Muhabbatda bugun omadingiz chopmaydigan bo‘lib turibdi. Ammo hayotga optimist nazari bilan boqishdan tiyilmang. Salomatlikni asrang, duch kelgan taomni iste’mol qilishga oshiqmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun yo‘lingizda ko‘rinmas va pishiq-puxta to‘siqlar paydo bo‘lishi kutiladi. Agar bu to‘siqlarni qidirib topish, tagiga etishni niyat qilsangiz, chalkashliklar battar zo‘r keladi. Faqat tavakkalchilik sizga yordam berishi mumkin. Pul topishda ham shu xislatning foydasi katta bo‘ladi. Tadbirkorlar ham tavakkalchilikka amal qilib yangi hamkorlik shartnomalari tuzaverganlari ma’qul. Albatta g‘olib bo‘lasiz. Oilada kelishmovchiliklardan qoching, bu katta janjalga sabab bo‘ladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 avgustda ertalabdan kayfiyatingiz tushkun ekani kuzatiladi. Bu narsa hayotga real qarashingizda to‘siq vazifasini o‘tashi hech gap emas. Ishlarni muvaffaqiyatli yakunlashda ko‘p yillik tajribangizga suyaning. Muhabbatda sizga hatto moliyaviy masaladan ko‘ra ko‘proq omad kulib boqadi. Oilasizlar o‘zlari anchadan beri qidirib charchamagan bo‘lg‘usi juftini uchratishlari ehtimoldan xoli emas.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun maqsadga etishda jiddiy mushkulotlarga uchrashingizni bashorat qilgan. Ammo bu mushkulotlar uzoq davom qilmaydi. Asosiysi, har qanday vaziyatda optimist bo‘la bilsangiz bas. Bugun terapevt, kardiolog va stomotolog qabuliga kirish muvaffaqiyatli kechadi. Yolg‘izlar bugun kim bilandir uchrashuv belgilagan bo‘lsa, ortga surishning keragi yo‘q. Uchrashuv keragidan ham a’lo o‘tishi kutilmoqda. Faqat asablaringizni asrang. Toki kutilmaganda jiddiy xastalik vujudingizga kirib olmasin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 avgust kuni boshqa narsa xayolingizda-yu, qo‘llaringiz butkul o‘zga yumushni ado etadi. Bu ham Yaratganning xohishi, siz tushga qadar bu xayolparastlikdan xalos bo‘la olmasligingiz mumkin. Ish joyingizda rahbarlar bilan aslo sen-menga bormang, hozirgi zamon ko‘tarmaydi. Moliyaviy ahvolingiz juda yaxshi bo‘ladi, ammo bankdan kredit olish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, bu o‘ylardan voz keching. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling, jarohat olishingiz xavfi bor.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugungi kuningiz totli o‘tishi kutiladi. Janjallar, kelishmovchiliklar, ko‘ngilsizliklar sizni chetlab o‘tadi. Ba’zi birovlar bilan orangizda daf’atan kelishmovchilik yuzaga kelsa, darhol bu muammoni tinchlik yo‘li bilan hal eting. Qarzingiz bo‘lsa, egasiga qaytarishni bugundan qoldirmang. Pulingizning bir qismini zarurat uchun iqtisod qilib qolsangiz ham ziyon qilmaydi. Salomatlikni asrang, kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Omadingizni bersin!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
7 avgustda ishlaringiz biroz chalkashliklar domida qolishi mumkin. Lekin bu jarayon uzoq davom etmaydi. Kechqurun siz bajargan ishingiz uchun rahbarlardan albatta maqtov eshitasiz. Bugun organizmni jismoniy zo‘riqishlar iskanjasiga solmang. Nafaqat jismoniy, balki ma’naviy zo‘riqish ham sizga do‘stlik qilmaydi. Shaxsiy hayotda artistona yo‘l tutgan holda yaqinlaringiz ko‘ngliga yo‘l toping.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kuningiz ancha og‘ir kechishi mumkin. Shuning uchun bor diqqatingizni ishga qarating. Tijoratchilar raqobat tufayli sezilarli miqdorda pul yo‘qotishlari kutiladi. Buning oldini olishda bittagina yo‘l bor. Siz raqobatchilarga do‘st tutining. Qobiliyatingizni duch kelgan odamga namoyish qilishdan saqlaning. Salomatligingiz yaxshi bo‘lishini istasangiz, ovqatlanish qoidalari va me’yorlariga e’tibor qarating.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 7 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..