22:01 / 10.08.2017
8 751

Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar sizga ko‘proq harakatlanish, qo‘shimcha bilim va tajriba orttirishni maslahat bermoqda. Kelajakda bularning barchasi sizga faqat foyda keltiradi. Moliyaviy masalada ba’zi muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin. Biroq bu narsa kissangiz pulga to‘lishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Agar mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, bemalol dam olishda davom etishingiz va yoqimli xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Atrofdagilar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 avgust kuni hayotingiz tasodiflarga boy bo‘lishi kutiladi. Ammo siz taqdiringizda yuz beradigan har qanday tasodiflarga tayyorsiz. Shuning uchun halitdan tashvishga botmang. Moliyaviy jihatdan qarindoshlaringizdan biri albatta yordam qiladi. Shaxsiy hayotingizda esa juftingiz bilan avvalgiga nisbatan ham ahilroq bo‘lishingiz lozim. Shunda munosabatlarga putur etmaydi. Salomatligingiz haqida qayg‘uring. Ovqatlanish, yurish-turishda me’yor va qoidalarga amal qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Hatto kayfiyatingiz nolga tushib qolgan bo‘lsa-da, sodir bo‘layotgan hodisalarni yurakka yaqin olmaslikka harakat qiling. Unutmang, ishdagi unumdorlik, moliyaviy to‘kinlik xuddi shu narsaga bog‘liq bo‘lib turibdi. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan munosabatlarda ham xush kayfiyatda bo‘lishingiz talab etiladi. Bugun oilaviy tarzda tog‘ yon bag‘rida dam olish muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 avgust kuni birinchi navbatda ichki dunyongizni turli zararli tuyg‘u va fikrlardan tozalab hayotdan yangi saboqlar olish harakatida bo‘ling. Oldinga qarab odimlagach, hech qachon to‘xtab qolmang. Siz hali ko‘plab mo‘’jizali amallarni qoyillatishga qodirsiz. Kun davomida boobro‘ bir odam bilan tanishasiz. U sizga hayotiy bilimlar, taassurotlar va zavq olishda yaqindan ko‘mak berishi ehtimoldan xoli emas. Shu bilan birga qo‘shimcha daromadli ish ham topib beradi. Ammo hozirgi ishingizdan ham bo‘shab qo‘ymang, bu ish boshqasiga xalal bermaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar bashorat qilishlaricha, bugungi kuningiz ruhiy jihatdan ancha og‘ir kechadi. Lekin moddiy jihatdan omad siz tarafda bo‘ladi. Kun bo‘yi siz ancha-muncha pul ishlab olish imkoniga egasiz. Hayotga, odamlarga real ko‘z bilan boqing. Har bir yoqimsiz lahzadan yaxshilik topishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida eski qadrdonlar bilan uchrashib qolishingiz kutiladi. U sizga mo‘may daromad keltiruvchi ish taklif etishi mumkin. Rozi bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni Yaratgandan boshqasiga ishonmang. Qon bosimingizni tez-tez o‘lchatib turing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 avgust kuni qarindoshlar maslahatlariga quloq tutishingizga to‘g‘ri keladi. Ulargina sizga har jabhada to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishadi. Do‘stman, sen uchun o‘limga ham tayyorman deguvchilardan nariroq yuring. Faqat xudoga ishoning va undan so‘rang. Olloh so‘ragan bandalaridan o‘z marhamatlarini hech qachon darig‘ tutmaydi. Muhabbatda romantik lahzalar sizga kun davomida hamrohlik qilishi kutiladi. Oilasizlar kechqurun o‘zi suygan odam bilan uchrashishsa, faqat zavq, lazzat olishadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kun davomida atrofdagilar bilan ko‘proq tillashing, yangi tanishuvlar tashkil eting va tadbirkor bo‘lsangiz, foydali uchrashuvlar, shartnomalar bilan mashg‘ul bo‘ling. Buning uchun sizda iroda kuchi etib ortadi. Biroq salomatlikni ham unutib qo‘ymang. Vaqtida turli xavfli lahzalarning oldini olmasangiz, ish surunkali xastalikka qarab ketib qolishi mumkin. Uni yo‘q qilish juda ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
11 avgustda turli qaltis sinovlar o‘tkazish, tavakkalchilikka berilmang. Bularning barchasi sizga faqat ziyon etkazadi. Esda saqlang, sizni balolardan faqat xudo himoya etishi mumkin. Atrofingizda esa unday himoyachilar yo‘q. Hatto yaqinlaringiz ham boshingizga ish tushsa, o‘zlarini nari olishlari tayin. G‘iybatlarga e’tibor bermaslikka harakat qiling. Neki ishga qo‘l urishni ixtiyor qilsangiz, faqat qalbingizga quloq tuting. Do‘st-dushman qarshisida mulzam tortmaslik uchun sog‘lig‘ingizni asrang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugun atrofdagilar bilan munosabatlarda kamgaproq bo‘lish, bilib-bilmay duch kelgan odam bilan tanishib qo‘ymasligingizni tavsiya qilishadi. Sizni qaysidir biri chuv tushirib ketishi hech gap emas. Moliyaviy muammo kechqurun hal bo‘ladi. Shunda ham sizdan qarz olganlar qarzini qaytarsa albatta. Kun davomida bosh og‘rig‘i, qon bosimi sakrab bezovta qilishi kutiladi. Oldini olib zarur dorilarni taxt qilib qo‘ysangiz hammasi yaxshi bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 avgust kun bo‘yi oilangizda vaziyat ancha qaltis kechishi mumkin. Qarindoshlardan biri janjalning boshini tutadi-yu, tamom, boshlanadi. E’tibor qilmang, bu janjalga sizning umuman aloqangiz yo‘q. Pul masalasida birovlar ishingizga aralashuviga yo‘l qo‘ymang. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga jo‘nashingiz ehtimoli bor. Yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Sog‘lig‘ingizni ehtiyotlang. Kechqurun ba’zilarni ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun sizga ajoyib kun va’da qilishgan. Barcha ishlaringiz siz kutganingizdan ham a’loroq darajada hal bo‘ladi. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham orttiradi. Muhabbatda bitmas-tuganmas mehr va e’tiborga egasiz. Demak, juftingizga shubha nazari bilan boqmasangiz ham bo‘ladi. Salomatlik masalasida ham sira tashvish chekmasangiz bo‘ladi. U sizga bugun pand bermoqchi emas. Faqat ertalab gimnastika bilan shug‘ullanishni unutmasangiz bas.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 avgust kuni sizga o‘zingiz tanigan, bilgan odamlar to‘siq vazifasini o‘tashi va ishlaringiz baroridan kelishiga jiddiy xalal berishga intilishi mumkin. Ammo ular o‘zi qazigan chuqurga o‘zlari yiqilishini bilishmaydi. Xavotir olishingizga o‘rin yo‘q. Sizni xudo qo‘llaydi insholloh. Kechqurun oilaviy bayram tashkil eting va hayotdan zavq oling.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..