21:45 / 18.09.2017
10 028

Qaynota-qaynona kuyovining uyiga qancha muddatga mehmonga kelishi mumkin?

Qaynota-qaynona kuyovining uyiga qancha muddatga mehmonga kelishi mumkin?
Islam-Today saytiga quyidagicha savol yo‘llangan: “Men rafiqam bilan alohida yashayman. Biroq uning ota-onasi biznikiga juda ko‘p keladi. Mening qaynonam bilan aloqalarim yaxshi emas. Shu sababli ularning har bir tashrifi kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. So‘ramoqchi bo‘lganim, ular uyimizga qay darajada tez-tez kelishi mumkin va qancha muddat biznikida qolishi o‘rinli?”

Javob: Fiqhga ko‘ra, erkakning ham, ayolning ham ota-onasi hurmatga loyiq. Buni bizdan islomiy tarbiya talab qiladi. O‘z navbatida hech qanday majburiyat chegarasiz emas. Bu shuningdek er-xotin bir-birining ota-onasiga hurmat bajo keltirish masalasiga ham tegishli.

Mazkur hurmatning saqlanib qolishi uchun fiqhda bu tashriflarning vaqti va davomiyligi belgilab qo‘yilgan. Agar ayolning ota-onasi qizi va kuyovidan uzoq bo‘lmagan joyda yashaydigan bo‘lsa, ular haftada bir marta uning uyiga borib, ertalabdan kechgacha u yerda bo‘lishi mumkin. Yoki qizini o‘z uyiga taklif qilishi ham mumkin. Shunday ekan, ular yoki kuyovning uyiga ertalab borib, kechgacha o‘tirishi, yoki qizini uyga taklif qilib, kechki payt qaytarib olib kelishi joiz. Bu holatda ayolning ota-onasi o‘z qizi bilan ko‘rishib turadi va shu bilan bir qatorda kuyovi bilan yaxshi hamda hurmatga yo‘g‘rilgan aloqalarni saqlab qoladi.

Agar ayolning ota-onasi uzoq joyda yashaydigan bo‘lsa, ularning tashrifi haftasiga bir martadan, yiliga bir martagacha qisqarib ketadi. Ular oldindan keladigan vaqtini aytgan holda, qizining oldida qanchadir muddat bo‘lishi va shundan keyin o‘z uyiga qaytib ketishi mumkin.

Bu singari tashriflar ota-onalarning farzandlari bilan aloqada bo‘lishlari yo‘lidagi huquqlaridir. Shu sababli, bundan og‘rinmaslik kerak.

Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofiliyn” asarida keltirilganidek, mehmonning huquqi ham chegaralangan va u uch kundan oshmasligi kerak. Aniqroq qilib aytsak, uy egalari uch kun davomida mehmon uchun qayg‘urishi lozim. Uch kun o‘tganidan keyin esa, ular bunday qilishga majbur emas. O‘z navbatida mehmonlar uy egasi tomonidan belgilangan qoidalarga amal qilishi va unga hurmat bilan yondashishi, bu vaqt davomida o‘zining odatlarini unutishi zarur.

Shunga ko‘ra, mehmondorchilik muddati uch kunga teng. Bu muddat o‘tganidan so‘ng uy egasi mehmonlarga boshpana berishdan bosh tortishi mumkin va u bunga to‘la ma’noda haqli.

Azon.uz izohi: “Roddul muxtor” kitobida keltirilishicha, bunday holatda o‘sha joydagi mavjud urfga qarash o‘rinli. Ba’zi holatlar bo‘ladiki, ayol kasal bo‘lib qolishi mumkin. Bunday vaziyatda ayolning ota-onasi tez-tez farzandini ko‘rgani kelishi joizdir. Yoki aksincha, ayol ota-onasidan birining betobligi sababli ularni ko‘rgani tez-tez borishi hollari ham kuzatiladi. Bularning hammasi erning roziligi bilan amalga oshishi shart. Mazkur hollarda erkak kishi vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda qaror chiqarishi zarur.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaynota-qaynona kuyovining uyiga qancha muddatga mehmonga kelishi mumkin?