Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

  • 19-11-2017, 10:28
  • 1 756
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Nihoyat bugun shaxsiy hayotingizda o‘zingiz anchadan beri kutgan tanaffuslar yuzaga keladi. Ammo bir gapni esda saqlang. Omad faqat har jihatdan kuchlilargagina nasib etadi. Ishxonada boshqalarga o‘z fikringizni o‘tkazishga urinmang, bu kelgusida do‘stlaringiz, tarafkashlaringiz kamayib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi taqdirdoshini uchratishlari kutilmoqda. Kechqurun do‘stlar davrasida vaqt o‘tkazasiz.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    19 noyabrda faqat o‘zingiz qattiq ishongan, hurmat qiladigan odamlar bilangina muloqotda bo‘ling. Bugun zinhor qalb amriga quloq tuta ko‘rmang, jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Tijoratchi va tadbirkorlar yangi hamkorlar topishi hamda foydali shartnomalarni imzolashlari tayin. Lekin yetti o‘lchab bir kesishni ham unutib qo‘ymang. Har holda siz pul bilan ishlaysiz. Kechqurun uyingizga olisdan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    Anchadan beri ko‘nglingiz tubida qaynoq tuyg‘ular yashirin. Bugun ularni atrofdagilarga ko‘z-ko‘zlashingiz uchun imkoniyat tug‘iladi. Juftingiz yo tanlaganingiz bu jarayonni anchadan beri intiq kutadi. Aqliy mehnat kishilari, ijodkorlar uchun kun to‘liqligicha muvaffaqiyatli va xayrli kechadi. Agar kun bo‘yi chin yurakdan ishlasangiz, kechqurun mo‘may daromaddan umid qilavering.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    19 noyabr kuni ishqiy sarguzashtlar uchun qalbingizni keng ochib qo‘ying. Ammo bu ish jarayonida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi mumkin. Oila qurmagan bo‘lsangiz, ko‘nglingizda hukmronlik qilishga o‘tib olgan shubha-gumonlarni haydab soling. Yo‘qsa, turmush qura olmay o‘tib ketishingiz hech gap emas. Jamoatchilik doirasida bajaradigan ishlaringiz sizga bir dunyo omad olib keladi. Atrofdagilar bilan muloqotda tilingizga ehtiyot bo‘ling. Kechqurun salomatlikni mustahkamlashga ham e’tibor qaratib qo‘ysangiz, ziyon qilmaydi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Muammolaringiz bir talay. Biroq ularning yechimini ertangi kunga qoldirishingiz to‘g‘ri emas. Xudo bergan yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bor. Ular ko‘magidan foydalanish uchun imkoniyat ham yetarli. Ishxonada martabangiz oshishini xohlasangiz, har bir gapni oldin o‘ylab, keyin tilga ko‘chiring. Xatoga yo‘l qo‘ysangiz, faqat muammo orttirib olasiz xolos. Kechqurun yolg‘iz qolib ertangi ishlar rejasini puxtalasangiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    19 noyabr kuni o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz yanada orta boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Shu jihatingiz ishda juda katta yordam beradi. Ishni faqat pul uchun emas, ruhan zavq olish uchun ham ado etishingiz lozim. Tajanglikka zo‘r beravermasangiz, kechki payt moliyaviy muammolaringiz ham o‘z-o‘zidan ijobiy hal bo‘ladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ko‘chaga issiq kiyimda chiqishni, dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmasinlar. G‘iybatchilarning ta’qibiga uchrashdan saqlaning.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Qanday ishga qo‘l urmang, faqat intuitsiyaga quloq tuting. Hamkasblar ham, do‘stlar ham ish bajarishda maslahati bilan sizga ko‘mak bera olmaydi. Har bir odamning o‘z fikri, o‘z ichki ovozi bor. Oila qurmaganlardan kimdir xizmat safariga chiqish jarayonida romantik lahzalarga duch kelishi kutiladi. Keyinchalik bu nafaqat romantika, balki buyuk his-tuyg‘u ekanini anglab yetasiz. Kechqurun sog‘lig‘ingiz pand bera boshlashi mumkin. Oldini oling.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    19 noyabrda nafaqat bir oy, balki hayotingiz davomida sizni tark etmagan xatolarni yo‘qqa chiqaring. Busiz oldinga yurishingiz borgan sari qiyinlashaveradi. Bu asosan shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Xudbinlik tabiatingizga xos. Yuqoridagi ishni amalga oshirsangiz, bu odatdan ham xalos bo‘lasiz. Kechqurun eng yaqin do‘stlardan biri qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bu qo‘ng‘iroq rostakamiga kayfiyatingizni ko‘tarib yuboradi, ishoning. Ovqatlanish rejimini buzmang, ortiqcha vazn odamga faqat ziyon yetkazadi.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Ertalabdan negadir ishni nimadan boshlashni bila olmay halak bo‘lishingiz mumkin. Bunday lahzalarda qalbingizga murojaat etishingiz kerak. U sizga darhol to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Kun davomida ko‘plab yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishadi. Bu ishdan xabar topgach, hayratdan yorilay deysiz albatta. Serqatnov yo‘llarda harakatlanish, kesib o‘tishga to‘g‘ri kelsa, nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Jiddiy jarohat olishingiz xavfi bor.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    19 noyabr kuni shaxsiy hayotda yoqimli lahzalar oshno bo‘ladi. Juftingiz bilan orangizda hayratlansa arzirli kichik suhbat paydo bo‘ladi. Bu munosabatlar yanada mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ishxonangizda ham ahillik qurshovida bo‘lishingiz kutilmoqda. Ayrimlar ko‘cha ovqatidan zaharlanishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi. Shuning uchun ko‘chada iloji boricha ovqatlanmang. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishini yulduzlar bashorat qilgan.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Shaxsiy hayotda injiqliklar, tajanglikni quvib solmasangiz, jiddiy muammolarga ro‘baro‘ bo‘lishingiz tayin. Juftingiz bilan kelishgan, bir-biringizni tushungan holda yashashni o‘rganing. Oila ham bir davlatdek gap. Davlat ahli esa doimo tinch, farovon, ahillikda, xotirjamlikda umr kechirishi zarur. Kechqurun xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli bor. Shu safar moddiy ahvolingizni ham yaxshilab qo‘yishi turgan gap.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    19 noyabr kuni oilasizlar xursand bo‘lishsa yarashadi. Hayotingizda orzuingizdagi inson nihoyat paydo bo‘ladi. Uni ko‘riboq qalbingizda muhabbat tuyg‘usi jo‘sh ura boshlaydi. Ijodkorlar, kasbi adabiyot, musiqa bilan bog‘liq do‘stlarimiz uchun 19 noyabr muvaffaqiyatli kechadi. Salomatlikni mustahkamlash niyatida amalga oshiriladigan barcha amallar faqat foyda beradi. Ammo organizmingizni jismoniy zo‘riqishga majbur etmang.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?