22:33 / 17.12.2017
12 403

Munajjimlar bashorati: 18 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 18 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun yolg‘iz holda yumushlarni ado etsangiz, ko‘proq muvaffaqiyatga erishasiz, pulingiz ham ikki hissaga ko‘payishi haqiqatga yaqin. Rahbarlardan arzimas ish yoki muammo masalasida maslahat so‘ramang. Moliyaviy ahvolingiz shu qadar yaxshi bo‘ladiki, ko‘zlaringizga ishonmay qolasiz. Kechqurun juftingiz yoki tanlaganingiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Salomatligingiz pand berishini xohlamasangiz, ovqatlanish rejimini buzmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 dekabrda sizga qo‘shimcha daromad keltiradigan ajoyib bir ishni taklif qilishlari kutiladi. Rozilik bildirishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Balki daromadi kamroq bo‘lsa-da, hozirgi ishingiz durustdir?.. Kunning ikkinchi yarmida sizni tanishlaringizdan biri mehmonga taklif etishi mumkin. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Muzlatkichdan suv olib ichmang. Kechqurun bir soatga bo‘lsa ham yolg‘iz qoling, ruhan dam oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Tashqarida qish hukm surmoqda, daraxtlar novdalarini qirov qoplagan. Ammo sizning qalbingizda yoz issig‘i ufuradi. Bu asosan oila qurmaganlar hayotida sodir bo‘ladi. A’lo kayfiyat bo‘yicha sizga yetadigani yo‘q. Oilalilar esa o‘zaro munosabatlarda tumanli lahzalarga duch kelishlari mumkin. Kechqurun ish yuzasidan uchrashuvlar, ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan bosh torting. Muvaffaqiyatsizlikka ro‘baro‘ bo‘lishingiz mumkin.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 dekabr kuni muhim hujjatlarga imzo qo‘yish zarurati tug‘ilishi mumkin. Juda sergak va ehtiyot bo‘ling. Shoshma-shosharlik siz uchun juda qimmatga tushishi hech gap emas. Shaxsiy hayotingizda ba’zi yoqimsiz lahzalar paydo bo‘lishi kutiladi. Kechqurun do‘stlardanmi, tanishlardan, yoki hamkasblardanmi kimdir sizni negadir chuv tushirish harakatiga tushishi mumkin. Shuning uchun kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkaza qoling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ertangi kun uchun umuman foydasiz buyumga aylanadigan narsalarni xarid qilmang. Bu sizga har taraflama ziyon keltiradi. Tushlikdan keyin moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi. Muhabbatda oilasizlar ham, oilalilar ham faqat yoqimli lahzalarni boshdan kechirishadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kun davomida kerak bo‘lsa qon bosimingizni tez-tez o‘lchatib turing. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda sergaklikni qo‘ldan bermang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 dekabrda nimani niyat qilgan bo‘lsangiz, barchasiga yetasiz. Bu masalada ortiqcha jismoniy zo‘riqish yoki asabiyliklarga duch kelmaysiz. Omadning o‘zi ortingizdan quvib yuradi. Kechqurun xaridlar, sayr-u sayohat va ish yuzasidan tanishuvlar muvaffaqiyatli kechadi. Surunkali xastalikka chalinganlar kun bo‘yi salomatliklarini nazoratda ushlashlari tavsiya etiladi. Juftingiz bilan janjallashib qolishdan saqlaning.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun kunning birinchi qismidayoq rahbarlar sizga tantanali tarzda mukofot puli taqdim etishlari kutilmoqda. Shu bahonada moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi inshoolloh. O‘zingizga yaxshi tanish bo‘lmaganlar bilan muloqotga kirishmang. Ko‘nglingiz dilgir. Uning o‘zi yomon odamlarga duch kelganda, faryod cheka boshlaydi. Oilada og‘ir-bosiqlik bilan harakatlar sodir eting. Aks holda uydagilar bilan arzimas gap tufayli janjallashib qolishingiz mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
18 dekabrda ish boshlashdan oldin rejani puxtalang. Bu ish qancha daromad keltirishini ham chamalashni unutmang. Ijod ahliga buguncha omad kulib boqmaydigan bo‘lib turibdi. Kechqurun ro‘zg‘or, davolanish va uy ta’miri bilan bog‘liq xarajatlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Kechqurun uyingizga mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Yoki yangi mehmon dunyoga kelishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Cho‘ntagingizda miri qolmagan taqdirda ham bugun birovdan zinhor qarz olmang. Bugun olingan qarz xosiyatsiz bo‘ladi. Juda bo‘lmasa, yolg‘iz qolib sevimli xobbingiz bilan shug‘ullaning. Chunki hamma narsa ham pul bilan o‘lchanavermaydi. Muhabbatda umr hamrohingiz yoki suyganingizga sir boy bermang. Yo‘qsa, keyinchalik holingiz og‘ir bo‘lib qolishi hech gap emas. Sog‘liqni, asablarni asrang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 dekabr kuni istaklaringiz imkoniyatlaringiz bilan mutanosib kelishi kutiladi. Asosiysi, ishni asabiylashmasdan, juda sekin amalga oshiring. Zahiradagi iroda kuchingizdan unumli foydalana bilsangiz, muvaffaqiyat cho‘qqisining eng baland nuqtasini zabt eta olasiz. Xonadoningizda tinchlik, xotirjamlik hukm suradi. Hasadgo‘ylar ta’qibida qolmasangiz bas, hammasi yaxshi bo‘ladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Pul masalasida bugun qiynalmasligingiz aniq. Xudoning o‘zi g‘oyibdan rizqingizni beradi nasib bo‘lsa. Xohish bo‘lsa, yaqinlaringizni kutilmagan sovg‘alar bilan siylang. Bugun konsert, kinoga tushish, ko‘rgazmalarga borish xayrli va omadli kechadi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 dekabr kuni sizni ancha yillardan beri birga ishlaganlardan biri qattiq ranjitishi mumkin. Ammo buni jiddiy muammo sifatida qabul qilmang. Ko‘ngilni keng qiling-u, kelajak rejalar tuzishda davom eting. Xarajatlar masalasida tejamkorroq bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Yangi yil arafasida pulsiz qolishingiz kerak emas. Oila qurmaganlar kechqurun romantik tanishuvni boshdan kechirishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 18 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?