Agar siz faqat pishgan meva va sabzavotlar tanlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ularni tanlashda yordam beruvchi quyidagi maslahatlar bilan tanishing.
Baqlajon
Yangi baqlajonning po‘chog‘i – qalin, tekis va yaltiroq bo‘ladi. Buni quyidagicha tekshirib ko‘rish mumkin: barmog‘ingiz bilan baqlajon ustiga bosing, agar po‘chog‘i biroz ezilsa va yana o‘z holiga qaytsa, demak u pishgan bo‘ladi.
Muskat oshqovog‘i
Tanlashda qovoqning og‘irligiga, qattiq va quruq bandiga, po‘chog‘ining chiroyli rangiga e’tibor bering.
Pomidor
Pishgan pomidorlar to‘q rangli bo‘ladi, po‘sti esa bosilganda deyarli ezilmaydi. Hidiga ham e’tibor bering, u shirin va yog‘och hidli bo‘lishi kerak.
Bodring
Bodringning rangi va tuzilishi muhim. Qalin, to‘q-yashil va tekis bodringlar – pishgan bodringlar deb hisoblanadi.
Tarvuz
Tarvuz tanlashda yonboshidagi tuproq dog‘iga e’tibor berish kerak, u qanchalik kattaroq va sariqroq bo‘lsa, shunchalik mazali va shirin bo‘ladi.
Qovun
Qovunning og‘irligi va shirin hidi uning pishganligidan darak beradi. Bandi quruq va yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Qarama-qarshi tomondagi po‘chog‘i esa biroz yumshoq va egiluvchan bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi