Jurnalist buvijonim San’at Mahmudovaning bir mansuralarida shunday misralar bor:
La’li javohiru kimxobga to‘ymay,
Yana qarz so‘raganlar oldi vaqtimni.
Bekatlarda kutib o‘tgan vaqtim-yey,
Navbatlarda kutib o‘tgan vaqtim-yey.
Yo‘l-yo‘lakay xayolimdan ushbu satrlarni o‘tkazar ekanman, menga ham ilhom kela boshladi:
Serial ko‘rishga ketgan vaqtimiz,
Telegrammga yetgan vaqtimiz.
Kitob o‘qishga yetmaydi-yey,
Behuda ishlardan ortmaydi-yey…
Ko‘nglimda g‘alayon qilgan bu arzlarim hozirgina o‘zim guvohi bo‘lgan bir manzara bilan bog‘liq…
Qizchamni maktabgacha ta’lim muassasasiga yetaklab borarkanman, odatdagidek, bugun bog‘cha opang yangi she’rlar o‘rgatadilar, deya uning kayfiyatini ko‘tarishga urinaman. Ammo ne ko‘z bilan ko‘rayki, bu paytda tarbiyachi opaning ko‘zlari televizorga qadalgan bo‘ladi. U o‘sha – har kuni qo‘shni ayollar bir-birlarini ko‘rgan zahoti salom-alikdan ham avval kechagi qismidagi voqealarni muhokama qilishga kirishib ketadigan mashhur serialni butun vujudi ko‘zga, quloqqa aylanib tomosha qilardi. Unga nimadir demoqchi bo‘layotganimni payqadi chog‘i, men tomonga o‘girilib:
– Kecha kechqurun serialimni ko‘rolmagandim, – deya izoh berdi va tomoshani davom ettirdi. Aslida xonadagi bu televizor bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida, bayram tadbirlarida foydalanish uchun keltirilganini bilaman. Ba’zan multfilm ham tomosha qilishadi. Ammo qalblari oppoq qog‘ozdek beg‘ubor bolalarning asosan sevgi, muhabbat sahnalaridangina iborat bo‘lgan bu serial voqealariga ko‘zi tushayotganidan dilim g‘ashlandi. Farzandlarim tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun ko‘p funksiyali uyali telefondan foydalanmaslikka, mantiqsiz seriallarni ko‘rmaslikka harakat qilaman. Ammo ularni tashqi muhit ta’siridan ham himoyalashim lozimligini mana shu lahzalarda yana ham chuqurroq angladim. Bu mavzu bilan bog‘liq yana bir voqea yodimga tushdi.
Yoshi elliklar atrofidagi bir qarindoshimizga qo‘ng‘iroq qilgandim. Soat kechki sakkizlar chamasi, u ayol serial ko‘rish bilan band ekan. Men bilan gaplasha olmadi. Tavba, oilaning oqila bekasi, turmush o‘rtog‘ining dono maslahatgo‘yi, farzandlari tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan ayol birgina xorij filmiga shu qadar bog‘lanib qolsa-ya?! Balki, seriallar ayrim uy bekalari uchun “ovunchoq”dir? Lekin farzandlar kamoloti uchun, ezgu amallar, xayrli ishlar uchun berilgan vaqtni besamar o‘tkazish biz – ayollar, onalarga yarasharmikan?!
Sayyora QODIROVA
Manba: Mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi