Endigina olti yoshga to‘lgan o‘g‘limning berilib rasm chizayotganini ko‘rib qiziqqancha yoniga bordim:
- O‘g‘lim nimaning rasmini chizyapsan?
- Sizni, oyimni va o‘zimni, — nigohlarini menga qadadi u.
Suratga ahamiyat bersam, o‘zining va mening ko‘ksimga yurak chizgan va negadir ularni qora rangga bo‘yagandi.
- O‘g‘lim, yurak qizil rangda bo‘ladi. Mana bu qalam bilan ranglash kerak edi.
- Buni bilaman.
- Unda nega qora rangga bo‘yading?
U menga aybdorona boqib, gapirishda davom etdi:
- Buvimning aytishicha, boshqalarni yig‘latgan odamlarning yuragi qora bo‘larkan. Siz kecha oyimni yig‘latdingiz-ku?
Jajjigina o‘g‘limning so‘zlaridan kechagi dilxiralik yodimga tushib ketdi. Jahlimga erk berib qilgan ishimdan o‘z o‘g‘lim oldida uyalib qoldim. Shunday bo‘lsada gapni hazilga burdim:
-Unda seniki nega qora? Yoki sen ham biror qo‘shni qizni yig‘latdingmi?
-Yo‘q men hech kimni yig‘latmadim. Shunchaki! O‘zingiz doim aytasizku “Sen xuddi menday bo‘lishing kerak” deb. Shunga…
O‘zi bilib bilmay dadasiga saboq berib qo‘ygan farzandimni bag‘rimga bosar ekanman, etim jimirlab ketdi. Bo‘g‘zimni kuydirib, bir jumla otilib chiqdi:
- Otangga o‘xshama o‘g‘lim…
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi