15:00 / 13.12.2018
5 591

«O‘yin»

«O‘yin»
Yosh bolacha sartaroshxonaga kirdi. Sartarosh yonida turgan mijozning qulog‘iga: “Bu bolacha dunyodagi eng nodon bola-da. Qarab turing, buni sizga isbotlab beraman” dedi. Keyin o‘ng kaftiga bir dirham, chap kaftiga 25 fuls (mayda chaqa tanga)ni qo‘yib, bolani chaqirdi. Bola kelgach, kaftlarini unga uzatdi. Bolakay 25 fulsni oldi va o‘ynoqlagancha sartaroshxonadan chiqib ketdi.

Sartarosh yana mijozga qarab, “Sizga aytmaganmidim bu bola nodon, hech o‘qimaydi, o‘rganmaydi deb. Har safar shunday qiladi” dedi. (Ya’ni bir kaftimda ko‘p, ikkinchisida kam pul turgan bo‘lsa-da, bola pulning ozini oladi deyapti).

Mijoz sartaroshxonadan chiqib, tashqarida turgan haligi bolani ko‘rib qoldi. Asta yoniga borib, “Nega har doim bir dirhamni olmay, 25 fulsni olasan?” deb so‘radi. Bolakay bu savolga “Chunki dirhamni olgan kunim bu o‘yin tugaydi-da!” deya javob berdi.

Ha, azizlar! Kichiklarni kichikligi uchun mensimaslik, e’tibor bermaslik to‘g‘ri emas. Chivin ham kichik bo‘lishiga qaramasdan arslonning ko‘zidan qon so‘radi.
“Vaziyatlarni boshqarish san’ati” kitobidan
Nozimjon IMINJONOV tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «O‘yin»