Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

  • 09 yanvar 2019, 10:05
  • 1 897
  • Hayot tarzi
  • Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
    TO‘NG‘IZ: Tushda semiz to‘ng‘izni ko‘rsangiz, bu savdoda va boshqa ishlarda jonlanish yuzaga kelishidan darakdir. To‘ng‘izlarning qichqirig‘ini eshitsangiz, ko‘ngilsiz xabar eshitasiz. Bu sizga qarindosh yoki tanish bo‘lgan odamning o‘limidan xabar bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Tushda to‘ng‘izga ovqat bersangiz, mulkingiz ko‘payadi, uyingizga baraka kiradi.

    TOSh: Tushda ko‘p tosh ko‘rish oldinda sizni mashaqqatli hayot yo‘li kutishidan darak beradi. Tosh yo‘nayotgan bo‘lsangiz, nihoyat azaliy orzularingizdan biri ushalish pallasiga kiradi. Mayda tosh ko‘rsangiz, mayda ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirasiz. Tosh otsangiz, kimnidir ko‘ngilsizliklardan himoya qilishingizga to‘g‘ri keladi.

    KARAM: Tushda karam ko‘rish hamisha ko‘ngilsizliklar hadya etadi. Masalan, yashil karam ko‘rsangiz, sevgan insoningiz sizga xiyonat qilishi kutiladi.
    Karamni kesish yoki berkitib qo‘yish o‘ngingizda xatoingiz tufayli o‘zingiz uchun baxtsizlik hozirlashingizni anglatadi.

    YO‘TAL: Tushingizda qattiq yo‘talsangiz, salomatligingiz yomonshashishi mumkin. Agar tushda bu yo‘talga qarshi muolajalar olsangiz, jiddiy ko‘ngilsizliklar boshingizga yog‘iladi.
    Boshqalar yo‘talishiga guvoh bo‘lsangiz ham ko‘ngilsizlik kelishidan darak beradi. Ammo bu ko‘ngilsizliklarni tez orada bartaraf etasiz.

    QABRISTON: Tushda qabristonda sayr qilib yursangiz, qashshoqlik xavf solishi mumkin. Siz uydan, do‘stlardan uzoqda yashab qolishingizga to‘g‘ri keladi.
    Agar sevishganlardan biri tushida qabriston bo‘ylab sayr qilsa, bu juftlik hech qachon turmush qurmaydi.
    Tushda juda orasta, chiroyli bezatilgan qabristonni ko‘rsangiz, xasta tanishlardan yoki qondoshlardan birining tuzala boshlaganidan xabar topasiz.

    QABR: Tushda yangi qabr ko‘rsangiz, kimdir sizga aziyat yetkazadi. Umuman aytganda, tushda qabr ko‘rish odatda ko‘ngilsizlik va xastalikdan darak hisoblanadi. Agar qabr ichkarisiga mo‘ralasangiz, yaqinlaringizdan biri olamdan o‘tishi mumkin. Tushda qabr kovlasangiz va bu ishni oxiriga yetkaza olsangiz, dushmanlaringiz ustidan g‘alabaga erishasiz.

    ChAQALOQ: Tushda yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rsangiz, yaqin orada sizni yoqimli bir hodisa qarshilaydi. Agar ayol tushida o‘zini chaqaloq qiyofasida ko‘rsa, o‘zga erkaklar bilan don olishayotganlikda ayblanishi mumkin.
    Tushda chaqaloqni cho‘miltirishayotganini ko‘rish qisqa fursatda eng mushkul vaziyatdan silliqchasiga chiqib ketishni anglatadi.

    OLOV: Tushda olov ko‘rsangiz, yaxshiliklar sizni tark etmaydi. Uyingiz yonayotganiga guvoh bo‘lsangiz, do‘stlaringiz, yaqinlaringizning sizga bo‘lgan mehri orta boradi. Tadbirkorlar yoki tijoratchilar do‘koni yoki ofisi olov iskanjasida qolganini ko‘rsa, ishlari yanada yurishib, xonadoniga baraka kiradi. Olovni o‘chirishga urinish ishda yoki o‘qishda xavotirli lahzalar dunyoga kelishini bildiradi. Uyingiz kuyib kul bo‘lsa, baxtsizlik sizga xavf soladi.

    » » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?