Startapchilarning favqulodda muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalar boshingizni aylantirishiga yoʻl qoʻymang. Kengroq tarqalgan vaziyat quyidagicha koʻrinishga ega: mahsulotni sinash, muvaffaqiyatsizlik, qaytadan sinash va yaxshilanish.
Yosh tadbirkorlarning eng koʻp uchraydigan xatolari quyidagilar:
Gʻoyani tekshirmasdan, ichki hislarga ishonish
Biznes-gʻoya foyda keltiradigan boʻlib koʻrinishi mumkin, biroq uni tekshirib koʻrmasangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz tayin. Gʻoyangizga vaqt va pul sarflashdan avval, uni sinab koʻrishga vaqt ajrating.
Biznesning bozorga asta-sekinlik bilan chiqishi
Juda koʻp biznes-gʻoyalar sekin ishga tushirilishi tufayli barbod boʻladi. Gʻoyalar va funksional kam-koʻstini tuzatishga yillab vaqt ketkazmang. Buning oʻrniga, qiymatli mahsulot yaratishga harakat qilib koʻring, uni chiqaring va foydalanuvchilar reaksiyasini kuzating.
Qachon pivot* qilish kerak?
Gʻoyani ertaroq tekshirish orqali fikrlar oldingiz, baʼzilarini kutmagan edingiz. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish uchun biznes-modelni oʻzgartirishga tayyor turish kerak. Koʻplab muvaffaqiyatli startapchilar oʻz yoʻlini koʻp bora oʻzgartirgan.
*pivot — startapning bozor talablariga moslashishi
Mahsulotning notoʻgʻri marketingi
Juda koʻp tadbirkorlar oʻzlarining ajoyib gʻoyasi oʻzini-oʻzi sota oladi deb oʻylaydi. Bunday xulosa haqiqatdan yiroq. Har bir kompaniya onlayn-marketingdan foydalanishi kerak. Marketing uchun byudjetni rejalashtira boshlaganingizda esa katta mablagʻ sarflamang. Marketing strategiyangizni turli usullar bilan tekshirib koʻring, natijalarni tahlil qiling va reklama uchun xarajatlarni mulohazasiz rejalashtirmang.
Oʻzini katta kompaniyadek tutish
Ulkan biznesgina saytni ishlab chiqishga bir yil yoki tadqiqotlar oʻtkazishga 9 oy sarf qilishi mumkin. Startap emas. Startap uchun muvaffaqiyatga erishishning eng yaxshi yoʻli — chaqqonroq boʻlish, moslashish va tez oʻzgarish.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda