Hafta davomida dam olish kunini intiq kutdi. Yakshanba kuni tongda uygʻonib “Bugun mazza qilib dam olaman” degan oʻydan koʻngli yayradi. Odatdagidan koʻra xotirjam nonushta qildi. Haftalik gazetalarni qoʻliga olib, kun boʻyi gazeta oʻqib, televizor tomosha qilib hordiq chiqarishini oʻylab xushnudlik bilan oromkursiga choʻkkandi, oʻgʻli oldiga keldi:
- Dadajon, kinoga qachon boramiz?
Oʻgʻliga kinoga olib borishini vaʼda qilganiga ham koʻp boʻlgandi, bu hatto esidan chiqib ham ketgandi. Koʻchaga chiqishni istamay oʻgʻliga bahona oʻylay boshladi.
Shu payt koʻzi gazeta sahifasidagi dunyo xaritasiga tushdi. Dunyo xaritasini kichik-parchalarga boʻlib, yirtib tashladi-da, oʻgʻlini chaqirdi:
- Bu xaritani toʻgʻrilab, avvalgi holiga keltir. Shundan keyin kinoga boramiz.
Hatto geografiyadan aʼlo baholarga oʻqiydigan oʻquvchi ham bu xaritani avvalgi holiga keltirolmasligini yaxshi bilardi. “Oqshomgacha tinchgina dam olaman” degan oʻydan kulimsirab qoʻydi. Ammo oradan oʻn-oʻn besh daqiqa oʻtar-oʻtmas oʻgʻil otasining oldiga keldi-da:
- Otajon, xaritani tuzatdim. Endi tezroq kinoga boraylik, - dedi. Erkak avvaliga ishonmadi soʻng hayrat bilan:
- Xaritani buyoqqa olib kel-chi? - dedi oʻgʻliga. Xaritani koʻrib hayrati ikki hissa oshdi.
- Buni qanday uddalading? - deb soʻradi xaritadan koʻz uzolmay.
- Menga bergan xaritangizning orqasida bir inson surati bor edi. Odamning suratini toʻgʻrilagandim, dunyo xaritasi ham toʻgʻrilandi! - deya javob berdi bolakay...
Umida ADIZOVA tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi