23:39 / 02.02.2019
7 438

Munajjimlar bashorati: 3 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 3 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Nimalardir haqida bilgingiz, nimalarnidir o‘rgangingiz kelsa, me’yorni biling. Yo‘qsa, yoqimsiz vaziyatda qolib ketishingiz hech gap emas. Kun davomida taomni oz-ozdan, tez-tez iste’mol qiling. Tavakkalchilikdan qoching va sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanmang. Ayollar kunning ikkinchi yarmida kosmetolog qabuliga shoshilmasalar bo‘lmaydi. Lekin ayrimlarga turli kosmetik niqoblar allergiya berishi ham ehtimoldan xoli emas. Salomatlikni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
3 fevralda siz uchun yangi omad yo‘llari ochilish arafasida turibdi. Bugun mo‘may daromaddan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Garchi uch-to‘rt joyda ishlasangiz ham baribir nasibangizdan ko‘piga egalik qila olmaysiz. Undan ko‘ra kuch va imkoniyatlarni yirik maqsadlarga yetish uchun asrab qo‘ying. Bu maqsadlar yaqin orada yuz ko‘rsatadi. Basharti mehnat ta’tilida bo‘lsangiz, oilangizni olib qayerlardadir sayr qilishingiz mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalabdan chigal vaziyatlarda qolsangiz, bu holatdan chiqib ketishning yengil va foydali usullarini o‘ylab topishingiz tavsiya qilinadi. Bugun pul ham, muvaffaqiyat ham harakatingizga yarasha bo‘lishi kutilmoqda. Eski qadrdonlardan biri bilan qo‘ng‘iroqlashib, suhbat qurish sizga a’lo kayfiyat hadya etadi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar favqulodda safarga otlanishlari mumkin. Ba’zilar esa kechqurun oila a’zolari uchun yirik xaridlarni amalga oshirishadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
3 fevral kuni ertalabdan g‘alaba kayfiyatiga kira olsangiz, sizni kutayotgan ko‘ngilsizliklar va yo‘qotishlar barham topadi. Har qanday ishni o‘zingizga haddan ziyod ishongan holda amalga oshiring. Agar shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, sheriklarning eng ishonchlilarini tanlang va ular bilan hamkorlikda ish olib boring. Tadbirkorlar uchun xorij kompaniyalari bilan foydali shartnoma imzolash imkoniyati bor. Undan unumli foydalaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz turli to‘siqlarga boy kechadi. Siz ularning har birini yengib o‘tishga mas’ulsiz. Ma’nan yuksalish, ruhan kuchli bo‘lish uchun imkoniyatlaringiz yetarlicha bo‘ladi. Ulardan qanday foydalanish esa o‘zingizga bog‘liq. Ezgu maqsadlar yo‘lida olg‘a qadam tashlash asnosida yangi va sadoqatli do‘stlar orttirishingiz kutilmoqda. Ularning ba’zilari shaxsiy hayotingizda sizga teng sheriklik qilishi ham mumkin. Shaxsiy avtomobilingizda safarga otlanish fikridan voz keching.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
3 fevralda oilalilar shaxsiy hayotda yaqin qondoshlardan biri bilan janjallashib qolishlari mumkin. Ilgari aytilganidek, bunday vaziyatlarda g‘alabaga faqat sukut saqlashgina olib bora oladi. Salomatlikni mustahkamlashda sog‘lom turmush tarzi hamda alohida muolajalar yordam beradi. Kontrastli dush qabul qilish, nafas mashqlarini bajarish organizmni toblaydi va immunitetni ko‘taradi. Ovqatlanishda ham rejimga amal qilishingiz tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Shoshma-shosharlik bilan amalga oshiriladigan ishning sifati bo‘lmaydi. Ishga ijodiy yondashing, boy tajribangizga suyaning. Ana shunda maqsadga albatta erishasiz. Oila qurmaganlar kun davomida romantik tanishuvni boshdan kechirish imkoniga ega bo‘lishadi. Buning uchun ishlarni sal vaqtliroq tugatish, atrofga tiyrak ko‘z bilan boqish kerak, vassalom. Firib hamda soxta xushomadlardan qoching.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
3 fevral kuni rejalashtirilgan barcha ishlaringiz amalga oshadi. Yana bunga qo‘shimcha o‘zingizga bo‘lgan ishonch ortadi. Moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Lekin bundan hech kim sug‘urtalanmagan. Qolaversa, zahirangizdagi pullar yetarli. Pulsiz qolib ketmaysiz. Kechki payt favqulodda safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Safar sizga moliyaviy to‘kinlik ham taqdim etadi. Sog‘liq masalasida kichik muammolar tug‘ilishi mumkin. Ob-havoga qarab kiyinishingiz tavsiya etiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Pulni kerak-nokerak shamolga sovuravermasligingiz moddiy ahvolingiz yaxshiligicha qolishini ta’minlashi mumkin. Qolaversa, do‘stlar, atrofdagilar bilan muloqotda har bir gapingizni o‘ylab tilga ko‘chiring. Asabiylik, jizzakilik katta janjallarga sabab bo‘lishi turgan gap. Muhabbatda yolg‘onlarga chuv tushib qolishdan saqlaning. Oilasizlar bu masalada aldanishga moyil bo‘lishlari mumkin. Ehtiyot bo‘ling. O‘zingizni asrang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
3 fevralda qiz-juvonlar ertalabdanoq tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish payiga tushib qolishadi. Shu niyatda go‘zallik saloniga chopasiz. Albatta, bu yaxshilikka. Atrofdagilar bilan munosabatlarda qarama-qarshiliklar, bahsli lahzalar, janjallar yuzaga kelishi kutiladi. Moliyada esa shubhali loyihalarga tavakkal pul tikmang. Chuv tushasiz. Bu mag‘lubiyat ancha paytgacha sizni abgor qilib qo‘yadi. Boriga shukr qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi yarmida ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Tadbirlar bahonasida iste’dodingizni, oratorlik qobiliyatingizni keng namoyish etish imkoniga ega bo‘lasiz. Ishoning, bu namoyish sizning foydangizga ishlaydi. Siz yangi homiylar, hamkorlar topasiz. Shaxsiy hayotga esa buguncha vaqtingiz qolmasligi mumkin. Ana shu narsa yaqinlaringiz bilan orangizga sovuqchilik tushishini ta’minlashi ehtimolga yaqin. Masalaga xotirjam yondashishingiz tavsiya etiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
3 fevral kuni yirik loyihalarga tavakkal pul tikish taklifi kiritilsa, bosh torting. O‘sha pullarni oilangizga, farzandlarga yoqimli sovg‘alar olish uchun sarflang. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish, sport bilan shug‘ullanish va tanani chiniqtirish muvaffaqiyatli kechadi. Bosh va oyoq og‘rig‘i bezovta qilsa, xalqona davolash usullariga murojaat eting.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 3 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?