Boʻtqalarning hammasi ham foydali emasligini bilmasangiz kerak. Ular orasida yetarlicha zararli hisoblanadiganlari ham bor. Ular yuqori glimik koʻrsatkichga ega boʻlib, baʼzilarida umuman kletchatka mavjud emas. Ular tanaga faqat keraksiz kaloriyalarni olib kiradi. Ular qaysi boʻtqalar ekanligini bilish uchun diqqat qiling!
Manniy yormasi
Bu boʻtqa bugʻdoyning maydalanganidir. Uning tarkibida ozroq oʻsimlik oqsili va vitaminlar uchraydi. Ammo tarkibining 70% ni kraxmal tashkil etadi. Shuning uchun ham ortiqcha vaznli kishilar va ozish jarayonida bu boʻtqa umuman mumkin emas. Aytishlaricha, uch yoshgacha boʻlgan bolalarga bu boʻtqani aslo berib boʻlmaydi. Chunki bu boʻtqa ichak tolachalari harakatini pasaytirib, ovqat hazmini qiyinlashtiradi.
Oq guruch
Diyetologlar uni boʻsh kaloriya deb atashadi. Oq guruch tarkibida bunday kaloriya koʻp va vitamin va minerallar esa umuman yoʻq desa ham boʻladi. Uning yovvoyi, jigarrang va qizil rangli navlarini isteʼmol qilish mumkin.
Suli yormasi
Tez tayyorlanadigan suli yormasi ham zararli ekan. Bu juda maydalangan don boʻlib 5 daqiqada pishadi. Bunday boʻtqada kletchatka va boshqa foydali moddalar yoʻq. Bunday boʻtqaning kaloriyasi bitta boʻlak tort kaloriyasiga tengdir.
Agar shaxsiy oʻzlashtirolmaslik boʻlsa har qanday boʻtqa zararli boʻlishi mumkin. Sayyoramizning 30% aholisi glyutenni oʻzlashtirolmaslikdan aziyat chekadi. Doimiy glyutenli suli yormasi, manniy yormasi, pelovka kabi yormalar seliakiya kasaliga sabab boʻladi. Bu kasallik ichaklarda foydali moddalar soʻrilmasligi bilan kechadi!
Glyuten faqatgina boʻtqada emas, undan tayyorlangan mahsulotlarda ham boʻladi. U makaronlarda, nonda, kolbasa va konservalar tarkibida mavjud. Oqsillar esa grechka, guruch, makkajoʻxori donida umuman mavjud emas.
Saida tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi