Yunonistondagi Afina Milliy Universitetining mutaxassislari guruhi nonushta va yurak sogʻligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni topdi, deya xabar beradi “Daryo”.
Olimlar tadqiqot uchun Yunonistonning Korinf shahrining 40 dan 99 yoshgacha boʻlgan ikki mingdan ortiq aholisini jalb qildi. Ishtirokchilar oʻzlarining turmush tarzi haqida soʻzlab, zarur tahlillardan oʻtgan.
Aniqlanishicha, muntazam nonushta qilish qon tomirlarida yogʻ ajralish xavfini kamaytiradi va ularni yanada moslashuvchan qiladi. Muntazam ravishda nonushta tanovvul qilmaydigan odamlarda arteriyalarning qattiqligi 15 foizga oshadi.
Shuningdek, yurakning salomatligiga televizor koʻp koʻrish ham salbiy taʼsir qiladi. Haftada 21 soatdan ziyodroq televizor koʻrish qon bosimi oshishini 68 foizga va diabet rivojlanishini 50 foizga oshiradi.
Qayd etilishicha, uy ishlariga minimal ravishda ham energiya ajratish ham salomatlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi