Fransiyalik olimlar 8 soatdan ortiq ish kuni bo‘lgan odamlarda insult rivojlanish xavfini ortishi haqida xulosaga keldi. Bu haqda MedicalXpress'ga tayanib Sof.uz xabar qildi.
Bir yil davomida kamida 50 kun ichida sutkada 10 soatlab ishlagan odamlar, me’yoridan ortiq vaqt ishlamagan ishchilarga qaraganda - insult xavfi 29 foizga ko‘p bo‘lgan.
O‘n yil davomida muntazam ravishda o‘n soatlab ishlagan odamlarda bu xavf 45 foizga ko‘tarilgan.
Ish vaqtidan ortiq ishlash ayniqsa 50 yoshga to‘lmagan kishilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
“Bu kutilmagan holat. Bu hodisani sababini aniqlash uchun kelgusi tadqiqotni amalga oshirish zarur”, - dedi tadqiqot muallifi Aleksi Deskata.
Tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sog‘lig‘i holati 7 yil davomida kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi