Hasan ibn Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Tunda otam bilan Baytullohni tavof qilar ekanmiz, bu paytda ko‘zlar uyquga ketgan, ovozlar tingan payt edi. Banogoh atrofdan bir kishining hazin va ayanchli ovozda she’r o‘qiyotgani eshitildi.
Buni eshitgan otam menga: “Anavi gunohlari uchun Robbisidan afv so‘rayotgan odamning so‘zlarini eshitdingmi? Uni mening oldimga olib kelsang, yaxshi bo‘lar edi”, dedi. Men Baytulloh atrofida yurib uni izladim va maqomi Ibrohim oldida namoz o‘qiyotgan holda topdim. Unga Rasululloh sollAllohu alayhi va sallamning amakivachchalari sizni so‘rayapdilar, dedim. U namozini tugatib menga ergashdi. Otamning oldiga kelib: “Ota, mana o‘sha kishi”, dedim. Otam unga qarab: “Kimsan?”, deb so‘radi.
U: – Arabman, dedi.
– Isming nima?
– Ismim Manozil ibn Lohiq.
– Nima bo‘ldi, boshingga biron ish tushdimi?
– Mening boshimga gunohlari umidsiz qilgan, ayblari ado qilgan, o‘zi esa xatolar dengiziga sho‘ng‘igan odamning kuni tushdi.
Otam: – Menga hikoyangni so‘zlab ber, dedi. U hikoyasini boshladi:
– Men o‘yin-kulguga berilgan yosh yigit chog‘imda otam menga doim nasihat qilar, yoshlikning adashish va toyilishlaridan ehtiyot bo‘lishimni, Allohning kuch-quvvat va intiqomi zolimlardan uzoq emasligini aytar edi. U har gal menga nasihat qilganida, men uni urar edim. Bir kuni uni odatdagidan qattiqroq urdim. Shunda otam Baytulloh oldiga kelib, ka’bapo‘shga osilganicha meni duoyibad qildi.
Otam duoyibadini tugatmay turib, men mana bu dardga yo‘liqdim, dedi va o‘ng tomonini ochdi. Uning o‘ng tomoni shol bo‘lib qolgan edi.
Ibrohim Hozimiyning
OQPADARLIK OQIBATLARI kitobidan
OQPADARLIK OQIBATLARI kitobidan
Manba: muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi