Foto: Fotolia
Avstraliyalik olimlar qahva iste’molining yurak-tomir kasalliklari avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdorini aniqlashdi. Bu haqda The American Journal of Clinical Nutrition nashrida ma’lum qilindi.
37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 350 ming kishining salomatligi o‘rganilgan tadqiqot davomida olimlar kuniga 6 chashka qahva ichish yurak-tomir kasalliklari avj olishini 22 foizgacha oshirishini aniqlashgan. Bu qahvaning yurak-tomir kasalliklari xavfining muhim omili hisoblangan qon bosimi oshishiga olib kelishi bilan bog‘langan.
Avvalroq muntazam qahva iste’mol qiluvchi odamlarning yarmidan ko‘pida ushbu ichimlikdan voz kechgandan keyin abstinent sindrom alomatlari: tonusning pasayishi, jizzakilik, agressivlik, bosh og‘riqlari paydo bo‘lishi ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, qahvadagi kofein moddasiga bog‘liqlik sovuq iqlimga ega davlatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi va aynan shu davlatlarda qahva ko‘p ichiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi