Eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, tovarlar importi uchun sarflash yoki milliy valyutadagi xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga ega. KUN.UZ muxbiri Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetovning bayonotiga asoslanib, shu haqida ma’lum qildi.
"Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatiga kiradi. Oxirgi farmonda majburiy to‘lov degan narsaning o‘zi yo‘q. Milliy valyutaga ehtiyoj tug‘ilsa, bankda almashtiradi", - dedi mutaxassis.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi 5177–sonli “Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qilindi. Natijada 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab barcha tadbirkorlik sub’ektlari eksport qilinayotgan tovarlar turi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi