10:43 / 25.09.2017
6 224

Rasman, 1 oktyabrdan banklarda naqd xorijiy valyuta sotiladi

Rasman, 1 oktyabrdan banklarda naqd xorijiy valyuta sotiladi
Bir necha kunlardan buyon o‘zbekistonliklarni tijorat banklarida ochilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd xorijiy valyuta sotilishi masalasi qiziqtirib kelmoqda. Ushbu masala Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham aniq muddat bilan e’lon qilinmagan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat bo‘ylab barcha tijorat banklari 1 oktyabrdan boshlab mijozlarga naqd pul ko‘rinishidagi xorijiy valyuta mablag‘larini sotishi haqida ma’lum qildi.

5 sentyabr kuni Markaziy Bank milliy so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan yangilangan qiymatini e’lon qilgan edi. Jurnalistning kelgusida ham valyuta qiymatini belgilashda milliy valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli haqidagi savol berganida, Bosh vazir bozor munosabatlariga bog‘liq ekanligini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda banklarda aholiga valyuta sotish amaliyoti naqdsiz ko‘rinishda, xalqaro to‘lov kartalarida amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rasman, 1 oktyabrdan banklarda naqd xorijiy valyuta sotiladi