O‘zbekiston va Rossiyaning “KriMM” agrofirmasi yurtimizda kartoshka yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihani muhokamadan o‘tkazishmoqda. Bu haqida RFning Tyumen oblasti hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, har kuni “KriMM” agrofirmasi terminallaridan 400 tonna kartoshka va sabzavotlar chiqariladi. Uning ma’lum qismi O‘rta Osiyoga yuboriladi. Ulardan biri O‘zbekistondir. Ushbu davlatga uch ming tonna kartoshka jo‘natilyapti, deyiladi xabarda.
“O‘zbekiston bilan to‘laqonli hamkorlik o‘rnatish imkoniyati mavjud. Tyumen oblasti gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning mazkur mamlakatga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida biz savdo sheriklarimizga “KriMM”ning urug‘lik kartoshkalarini sotib olish va uni o‘zlarida yetishtirishni taklif etdik. Shunday qilib sarxil mahsulotlarni may oyidayoq va hatto undan vaqtliroq o‘zimizga olib kelishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Ayni shu paytda bizda muayyan tanqislik yuzaga keladi va Tyumen oblast kartoshkani, jumladan, uzoq xorijdan ham qabul qiladi”, - dedi agrofirma bosh direktori Gennadiy Ryazanov.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tomonlar yetkazib berish logistikasini yaxshilashga kelishib oldilar.
“Bugun kartoshka yetkazib berishda juda ko‘plab nyuanslar bor, ular yo‘llarda ushlanib qolishlarni keltirib chiqaryapti. Bularning barchasini hal qilish va ortiqcha to‘siqlarni yo‘qotish kerak. O‘z navbatida O‘zbekistondan ortga qaytayotganda furalarimizni(yuk mashinalari) gilos, sarxil mevalar, qishda esa yangi piyoz, sarimsoq piyoz va olma bilan to‘ldirib olish bo‘yicha g‘oya ham bor. Mana shundagina to‘liq savdo hamkorligi yuzaga keladi. Mazkur takliflar shu kunlarda muhokama qilinyapti”, - dedi Ryazanov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi